Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Zidan faqat mana shu ikki jamoada ishlaydi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 2

Boshqa takliflar rad etiladi

Frantsiya futboli afsonasi Zinedin Zidan murabbiylik faoliyatini qayta tiklashga tayyor. Biroq tajribali mutaxassis faqatgina ikkita jamoani boshqarish istagini bildirgan.

Marca nashrining yozishicha, Zidan faqatiga sobiq jamoasi “Real” va Frantsiya terma jamoasida bosh murabbiylik qilishi mumkin.

Boshqa har qanday taklif Zidan tomonidan rad etiladi.

Aslida Zidan bosh murabbiy sifatida faqat “Real”da ishlagan. Madridliklarga ikki bor ustozlik qilgan tajribali mutaxassis Ispaniya chempionatida ikki marotaba g‘olib chiqqan. Uch bora Evropa Chempionlar ligasi bosh sovrini va qator boshqa yutuqlarni qo‘lga kiritgan.

Zidan uch yil muqaddam “Real” boshqaruvini topshirganidan keyin Frantsiya futbol federatsiyadan terma jamoani qabul qilib olish taklifini kutmoqda. Biroq Dide Desham uzoq yillardan beri barqaror natija ko‘rsatib kelayotgani Zidanning terma jamoaga yo‘lini yopib turibdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q