Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Zidan Fransiyaning muammolarini tushuntirdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Jamoa gol urishga qiynalyapti

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi Zinedin Zidan jamoa nega kam gol utayotgani haqida fikr bildirdi.

Juma kuni fransuzlar Millatlar ligasi doirasida oʻz maydonida Italiyaga qarshi bahs olib borib, durang qayd etdi (1:1). Yangi bosh murabbiy qoʻl ostida oʻtkazilgan uch uchrashuvda «uch ranglilar» jami uchta gol urishga erishdi. Hujumdagi futbolchilar salohiyatini inobatga olganda, bu koʻrsatkich ancha kam deb baholanmoqda.

– Frantsiya terma jamoasi yettinchi oʻyindirki, birinchi boʻlimda gol urmayapti. Muammo nimada?

– Bugun biz boʻsh zonalardan unumli foydalanolmadik, raqib jarima maydoni yaqinida yetarlicha xavf tugʻdira olmadik. Tanaffusdan soʻng esa bosimni oshirdik, hujumda ancha faol oʻynadik. Shu bois natija yanada hafsalani pir qiladi, – dedi Zidan.

– Uch oʻyinda uchta gol. Bu imkoniyatlardan foydalanolmaslik bilan bogʻliqmi?

– Italiyaga qarshi bahsda yetarlicha golli vaziyat yaratdik, ammo Donnarumma juda ishonchli oʻynadi, – deya Zidan soʻzlarini keltiradi L'Equipe nashri.

Dushanba kuni Frantsiya terma jamoasi oʻz maydonida Belgiya­ni qabul qiladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q