
Zidan Madridga qaytdi
Ispaniya chempionati 9-turi doirasida Madridning “Real” klubi o‘z maydonida “Osasuna”ni qabul qildi. "Qirollik klubi" 4:0 hisobida ishonchli g‘alabani tantana qildi.
Ushbu o‘yinga hozirda ishsiz bo‘lgan frantsiyalik mutaxassis Zinedin Zidan kelgandi. Zizu stadion tribunalarida ko‘rindi.
Zidan madridliklarga ikki marta - 2016-2018 va 2019-2021-yillarda murabbiylik qilgan. Uning qo‘l ostida "Real" La Liga chempioniga aylandi va 3 marta Chempionlar Ligasida g‘olib chiqdi.
Fikrlar