
Zidanga “Real” ham kerak emas, u faqat bir jamoada ishlaydi!
Bir necha yildan beri ishsiz yurgan Zinedin Zidan har yili qator grand klublardan bosh murabbiylikka taklif oladi.
Frantsiyalik mutaxassis ularning birortasini qabul qilgani yo‘q. Avvalroq, Zidan faqat ilgari o‘zi ikki marotaba boshqargan “Real” yoki Frantsiya terma jamoasida ishlashi mumkinligi haqida xabar tarqatilgan edi.
AS nashrining ma’lum qilishicha, Zidan murabbiylik faoliyati bo‘yicha aniq to‘xtamga kelgan. U faqat Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida ishlamoqchi. Qolgan takliflarni qabul qilmaydi.
Aslida Zinedin Zidan 2022 yilgi jahon chempionatidan keyin mamlakatining bosh jamoasida ish boshlashni reja qilgan edi. Lekin Dide Desham terma jamoani finalga olib chiqqani uchun yana o‘z joyida qoldi.
Hozir Madrid shahrida yashayotgan Zidan hamon Frantsiya futbol fedaratsiyasidan terma jamoa bosh murabbiyligiga taklif kutyapti.
Fikrlar