Zidanning yangi ish joyi ma’lum bo‘ldi
Frantsiyalik futbol afsonasi Zinedin Zidan 2021 yili “Real” bosh murabbiyligini tark etganidan beri ishsiz yuribdi. Mahoratli mutaxassis shu paytgacha turli klublardan kelgan takliflarni qabul qilgani yo‘q.
Jurnalist Xose Feliks Diasning ma’lum qilishicha, Zidanning murabbiylik bo‘yicha keyingi ish joyi Frantsiya terma jamoasi bo‘ladi. Manbaga ko‘ra, Zidan “Real”ni boshqarishi mumkinligi haqidagi xabarlar haqiqatdan achna uzoq. “Qirollik klubi” Xabi Alonsoni bosh murabbiy etib tayinlagunicha ham frantsiyalik mutaxassisni qaytarish variantini hatto ko‘rib ham chiqmagan.
Zidan va “Real” rahbariyati do‘stona aloqalarni saqlab qolgan, lekin har ikki tomonda ham birga ishlash g‘oyasi yo‘q.
Ayni paytda Frantsiya terma jamoasini 57 yoshli Dide Desham boshqaryapti. 2012 yildan beri mamlakatning bosh jamoasida ishlab kelayotgan Desham 2026 yilgi jahon chempionatidan keyin o‘rnini bo‘shatishi kutilyapti.



Fikrlar