Zoʻr oʻynasang ham "Barsa"ga qaytmaysan
Qaror qabul qilib bo‘lingan
Manbalarga ko‘ra, Ispaniya chempioni «Barselona» rahbariyati 34 yoshli nemis darvozaboni Mark-Andre ter Shtegennig «Ayaks» tarkibidagi o‘yinidan mamnun.
Shu bilan birga, bu kataloniyaliklar uni kelajakda asosiy rejalaridan biri sifatida ko‘rayotgani degani emas.
Ter Shtegennig Amsterdamdagi ishonchli o‘yini «Barselonaga» uning transfer bozoridagi nufuzi hali ham yuqori ekanini ko‘rsatdi. Klub rahbariyati darvozabon ijarasi yakunlangach, uni sotish imkoniyati oshganiga ishonmoqda.
Niderlandiyadagi chiqishlari orqali ter Shtegen o‘z qiymatini yana bir bor isbotlagani qayd etilmoqda va bu «Barselonaning» doimiy xaridor topish umidini kuchaytirgan.
Mark-Andre ter Shtegen 2014 yildan beri «Barselona» sharafini himoya qilib keladi. Joriy mavsumda u «Ayaks» safida barcha musobaqalar doirasida sakkizta o‘yin o‘tkazdi, ularning ikkitasida darvozasini sof saqlashga muvaffaq bo‘ldi.

Izohlar (0)