
“Zenit” Ivanovichni Evropa ligasi o‘yinlari qaydnomasiga kiritishga ulgurdi
Avvalroq Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi “Chelsi”dan himoyachi Branislav Ivanovichni sotib olgani haqida xabar bergan edik.
Piterliklar serbiyalik tajribali futbolchini UEFA Evropa ligasining pley-off bosqichi qaydnomasiga kiritishga ulgurdi. “Zenit” yuqoridagi musobaqa uchun 25ta futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Quyida ushbu futbolchilar bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
Darvozabonlar: Yuriy Lodygin, Mixail Kerjakov, Egor Baburin;
Himoyachilar: Aleksandr Anyukov, Domeniko Krishito, Branislav Ivanovich, Nikolas Lomberts, Luish Netu, Ivan Novoseltsev, Igor Smolnikov, Yuriy Jirkov;
Yarim himoyachilar: Danni, Ernani, Maurisio, Juliano, Xavi Garsiya, Robert Mak, Pavel Mogilevets, Oleg Shatov, Ibragim Tsallagov, Artur Yusupov;
Hujumchilar: Luka Jorjevich, Artyom Dzyuba, Aleksandr Kerjakov, Aleksandr Kokorin.
Eslatib o‘tamiz, "Zenit" 16 fevral kuni Bryusselda mahalliy "Anderlext" klubiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu jamoalar o‘rtasilagi 1/16 finalning javob uchrashuvi 23 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Комментарии