O'zbekiston Kubogi. Birinchi kuni besh vaznda sovrindorlar aniqlandi

  • 12.03.2026 16:44
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Dzyudo

Surxondaryo viloyati markazi Termiz shahri dzyudo bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi mamlakat kubogiga mezbonlik qilmoqda. 

Termiz Yakka kurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabi zalida o‘tkazilayotgan musobaqaning ilk kuni o‘smirlar o‘rtasida -50, -55, -60 kg, qizlarda esa -40, -44 kg vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi. Toshkent, Buxoro, Samarqand, Jizzax viloyati hamda Toshkent shahri vakillari o‘z vaznlarida O‘zbekiston Kubogi sohibi bo‘lishdi.    

-50 kg vazn toifasi 
1. Shuhrat Muhammadxonov (Toshkent viloyati)
2. Bekzod Xolmurodov (Surxondaryo)
3. Boyomon Mashrabov (Toshkent shahri)
3. Sayan Alibekov (Toshkent viloyati)
 
-55 kg vazn toifasi 
1. Sherzod Shomurodov (Buxoro)
2. Sarvar Yo‘ldoshev (Xorazm)
3. Ahrorjon Esonboev (Toshkent viloyati)
3. Firdavs To‘ychiev (Toshkent viloyati)

-60 kg vazn toifasi 
1. Sharofiddin Rahmonov (Toshkent shahri)
2. Rishod Ro‘zimamatov (Toshkent viloyati)
3. Abdulaziz Yusupov (Toshkent shahri)
3. Jasur Qahramonov (Navoiy)
 
QIZLAR
-40 kg vazn toifasi
1. Sarvinoz Normuratova (Samarqand)
2. E’zoza Asilova (Jizzax)
3. Kumush Narbayeva (Sirdaryo)
3. Farangiz Baxtiyorova (Surxondaryo)

-44 kg vazn toifasi
1. Sitora G‘anieva (Jizzax)
2. Xursanoy Toshpo‘latova (Toshkent viloyati)
3. Zuhro Hikmatullaeva (Buxoro)
3. Mashhura Ataxonova (Xorazm)

Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!