O'zbekiston yana bir bor eng zo'ri deb topildi!

  • 01.03.2026 23:55
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

Bolgariyaning Sofiya shahrida 22 fevraldan 1 martga qadar davom etgan “Strandja” turniri o‘z yakuniga yetdi.

Mazkur turnirda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi erkaklar va ayollar o‘rtasida ham umumjamoa hisobida 1 o‘rinni qo‘lga kiritdi. Erkaklar jamoamiz 3 ta oltin, 2 ta kumush va 4 bronza bilan birinchi bo‘lgan bo‘lsa, ayollar jamoamiz 4 ta oltin, 2 ta kumush va 2 bronza bilan yetakchi bo‘lishdi.

Umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rin qo‘shnilar Qozog‘istonga, uchinchi pog‘ona bo‘lsa Ukraina bokschilariga nasib etdi.

Oltin medal:
-75 kg. Fazliddin Erkinboev
-85 kg. Akmaljon Isroilov
-90 kg. To‘rabek Xabibullaev
-48 kg. Sabina Boboqulova
-57 kg. Nigina O‘ktamova
-65 kg. Navbahor Hamidova
-75 kg. Aziza Zokirova

Kumush medal:
-80 kg. Javohir Ummataliyev
+90 kg. Ozodbek Aliev
-51 kg. Feruza Kazakova
+90 kg. Oltinoy Sotimboeva

Bronza medal:
-50 kg. Asilbek Jalilov
-70 kg: Shavkatjon Boltaev
-85 kg. Norbek Abdullaev
-90 kg. Samir Sobirov
-48 kg. Farzona Fozilova
-80 kg. Ruxshona Parpieva

Bosh murabbiylar: To‘lqin Qilichev, Elshod Rasulov.

Murabbiylar: Xuan Enrique Steyners Tissert, Rahmatjon Ro‘ziohunov, Akmal Hasanov, Alimardon Dostonov, Nodir G‘ulomov, Barbaro Fernandez Ximenez, Islom Tadjiboev, Azim Xudayqulov, Istam Kabinov, Shukurulla Vapaev, Shahzoda Umarova, Sherzod Ahmadjonov, Ramzjon Ahmedov.

Shifokor: Komiljon Rasulov.
Fizioterapevt: Xesus Alberto
Jamoa menejeri: Ahmadbek Eshmatov.
Hakham: Aleksandr Hamidov.

Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!