
Peter Bosh: Obameyang dunyodagi eng yomon futbolchi, u juda kuchsiz
Dortmundning “Borussiya” jamoasi bosh murabbiyi Peter Bosh klub hujumchisi Per-Emerik Obamenyag bilan xayrlashish niyati yo‘q ekanini aytdi.
Avvalroq gabonlik futbolchi “Real” safiga o‘tish istagida ekani haqida xabarlar tarqalgan edi. Bosh ushbu xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.
“Obameyang – dunyodagi eng yomon futbolchi, u juda kuchsiz. Albatta bu hazil. Umid qilamanki, u “Real”ga o‘tib ketmaydi. Per boshqa futbolchilardan farq qiladi va o‘zgacha xususiyatlarga ega. U “Borussiya D” safida qoladi deb umid qilaman”, – dedi gollandiyalik mutaxassis.
Fikrlar