
WSB. “Uzbek Tigers” (O‘zbekiston) vs “China Dragons” (Xitoy). Matnli translyatsiya
Birozdan so‘ng yurtimizdagi muhtasham sport koshonalaridan biri "O‘zbekiston" sport majmuasida “World Series of Boxing”ning C guruhidan o‘rin olgan navbatdagi boks kechasiga start beriladi.
Unda mamlakatimiz sharafini munosib tarzda himoya qilib kelayotgan “Uzbek Tigers” Xitoyning “China Dragons” jamoasiga qarshi ringga ko‘tariladi. Barcha janglar ro‘yxati quyidagi havolada.
Boks oqshomining eng so‘nggi jangi davom etmoqda. Ringda Boks bo‘yicha Jahon chempionati sovrindori Bahodir Jalolov hamda 2015 yilgi Xitoy chempionati g‘olibi Xaypeng Mu.
Super og‘ir vazn toifasida jang olib borayotgan hamyurtimiz Bahodir Jalolovga omad uchinchi roundda raqibini navbatdagi nokdaun holatiga tushirib qo‘ydi va ushbu vaziyatda xitoylik bokschi jangni davom ettira olmadi!!!
Bektemir Meliqo‘zievdan ajoyib zarba va raqib nokaut holatida.
G‘alaba muborak!!!. Navbatdagi jang boshlanmoqda.
81 kg. Bektemir Meliqo‘ziev vs Jiabin Xuang 3-0 >>> Yangilash
Light Heavy (81 kg) |
Bektemir Melikuziev |
Jiabian Huang |
||
Judge 1 |
Knock-out | |||
Judge 2 |
Knock-out | |||
Judge 3 |
Knock-out | |||
Winner |
Bektemir Melikuziev |
69 kg. Shahram G‘iyosov vs Vey Liu 3-0
«O‘zbekiston» sport majmuasida tobora shiddat olib borayotgan boks kechasining uchinchi jangi boshlanish arafasida. Ushbu jangda 2016 yilgi Rio Olimpiadasi kumush medal sohibi Shahram G‘iyosov 69 kg vazn toifasida Boks bo‘yicha 2015 yilgi Jahon Chempionati sovrindori Vey Liuga qarshi bahs olib boradi.
Welter (69 kg) |
Shakhram Giyasov |
Wei Liu |
||
Judge 1 |
50 | 42 | ||
Judge 2 |
50 | 45 | ||
Judge 3 |
50 | 43 | ||
Winner |
Shakhram Giyasov |
Bir necha daqiqalardan so‘ng esa 60 kg vazn toifasida Rioda o‘tkazilgan 2016 yilgi yozgi Olimpiada sovrindori Murodjon Ahmadaliev bu yilgi mavsumdagi navbatdagi jangini o‘tkazadi. Hamyurtimiz “China Dragons” a’zosi Sen Vanga qarshi ringga ko‘tariladi.
60 kg: Murodjon Ahmadaliev vs Sen Van 3-0
Light (60 kg) |
Murodjon Akhmadaliev |
Sen Van |
||
Judge 1 |
50 | 43 | ||
Judge 2 |
50 | 44 | ||
Judge 3 |
50 | 44 | ||
Winner |
Murodjon Akhmadaliev |
- |
Boks kechasining dastlabki jangi 52 kg vazn toifasida O‘zbekiston chempionatlarining sovrindori Abrorjon Qodirov hamda Boks bo‘yicha 2016 yilgi Xitoy chempionati g‘olibi Yong Chang o‘rtasida bo‘lib o‘tadi.
52 kg: Abrorjon Qodirov - Yong Chang 3-0
Abrorjon Qodirov g‘alaba qozondi
Fly (52 kg) |
Abrorjon Kodirov |
Yong Jang |
||
Judge 1 |
50 | 44 | ||
Judge 2 |
50 | 45 | ||
Judge 3 |
49 | 44 | ||
Winner |
Abrorjon Kodirov |
- |
Fikrlar