"Bavariya" Sanchesni boy qilmoqchi
Myunxenning “Bavariya” klubi “Arsenal”ning chililik hujumchisi Aleksis Sanchesni sotib olishga qattiq bel bog‘ladi.
Futbolchining agenti Fernando Felichevichning so‘zlariga ko‘ra ayni damda Sanches masalasi bo‘yicha “Bavariya” bilan muzokaralar ketmoqda va futbolchi myunzenliklar safiga o‘tishi ham mumkin.
Unga ko‘ra, “Bavari” Aleksis uchun “Arsenal”ga 58 mln evro to‘lashga tayyor. Uning o‘ziga esa yillik 13 mln evro maosh va’da qilingan. Aytish kerakki, bu Sanchesning ayni damda “kanonirlar”dan olayotgan maoshidan deyarli 60 foizga ko‘p deganidir.
Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli futbolchiga shuningdek “Manchester Siti” klubi ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Odil Ahmedovning jamoadoshi "Arsenal"da Sanchesning o‘rnini egallashi mumkin>>>

Fikrlar