
A Seriyada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan 5 futbolchi
“Yuventus” klubi darvozaboni Janluidji Buffon kuni kecha o‘zining A Seriyadagi 612-o‘yinini o‘tkazdi va bu borada “Roma” hujumchisi – Franchesko Tottiga etib oldi. Shu munosabati bilan esa bugun biz A Seriyada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar beshligi bilan sizlarni tamishtirishni maqsad etdik.
- “Real” haqida siz bilgan va bilmagan 10 ta fakt
- “Borussiya Dortmund” tarixidagi eng yaxshi 5 to‘purar
- Legionerlarimizda nima gap?
5. Janluka Palyuka – 592 ta o‘yin
Faoliyati davomida “Sampdoriya”, “Inter”, “Bolonya” va “Askoli” kabi jamoalarda o‘tkazgan Palyuka A Seriya doirasida 592 o‘yinda maydonga tushgan Palyuka Buffonga qadar A Seriyada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan darvozabon bo‘lib kelayotgan edi. Shuncha bahsda jamoasi darvozasini qo‘riqlagan Palyuka faqatgina bir bor Skudettoni qo‘lga kiritgan xolos.
3-4. Franchesko Totti – 612
Totti mana 25 mavsumdirki “Roma” safida javlon urmoqda. Franchesko bugungi kunga qadar A Seriyada 612 ta bahsda maydonga tushgan va raqiblar darvozasini 250 marta ishg‘ol etishning uddasidan chiqqan. Aytgancha, A Seriya to‘purarlari orasida ikkinchi o‘rinda turgan Totti ham faqatgina bir bor Skudettoni qo‘lga kiritgan.
3-4. Janluidji Buffon – 612
Buffon A Seriyadagi 612 uchrashuvning 168 tasini “Parma”, qolgan 444 bahsni esa “Yuventus” libosida o‘tkazgan. Qolaversa, Buffon “Yuventus” gvardiyachilari orasida ham ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. “Jiji” 7 bor Skudettoni qo‘lga kiritishga erishgan.
2. Xaver Zanetti – 615
1995-2014 yillarda “Inter” safida to‘p surgan Zanetti shuncha vaqt davomida A Seriyada 615 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lib, 12 bor gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Argentinalik sobiq futbolchi 5 bor Skudettoni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
1. Paolo Maldini – 647
1985-2009 yillarda faoliyat yurigan Maldinilar oilasining kichik vakili “Milan” tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi hamdir. Paolo Italiya chempionatida 29 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘lgan. Maldinida Skudettolar soni esa 7 tani tashkil etadi.
- “Real” nima sababdan Neapoldagi javob bahsida ehtiyot bo‘lishi kerak
- Ular bir vaqtlar EChLda o‘ynashar edi…
- “Manchester Yunayted” gvardiyachilari
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar