
Ular bir vaqtlar EChLda o‘ynashar edi…
Juma kunidan e’tiboran AQSh chempionati(MLS) start oldi. Shu munosabat bilan esa UEFA rasmiy sayti bir vaqtlar EChLda o‘ynagan va hozirda faoliyatini okean ortida davom ettirayotgan futbolchilar top-10 ligini keltirib o‘tdi.
- “Manchester Yunayted” gvardiyachilari
- “Arsenal”ning qimmatbaho sotuvlari
- “Sautgempton” faqat mana shu tarkib bilan “MYu”ni yutishi mumkin edi
- Yo‘l harakatini buzuvchi futbolchilar
Kristian Bolanos (“Vankuver Uaytkeps”, 2016 yil yanvaridan buyon MLSda o‘ynab kelmoqda)
Yoshi: 32
Amluasi: yarim himoyachi
EChLdagi natijalari: o‘yin/gol
“Kopengagen”: 14/0
Fakt
• MLSdagi dastlabki 10 ta o‘yinda Bolanoc 4 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘lgan.
Yelle van Damm (“Los-Andjeles Geleksi”, 2016 yil yanvar)
Yoshi: 33
Ampluasi: himoyachi
EChLdagi natijalari: o‘yin/gol
“Ayaks”: 9/0
“Anderlext”: 3/0
Fakt
• O‘tgan yili "Geleksi"ning van Damm boshchiligidagi himoyasi MLSda eng kam gol o‘tkazgan ikki jamoadan biri bo‘ldi.
David Vilya (“Nyu-York Siti”, 2015 yil yanvar)
Yoshi: 35
Ampluasi: hujumchi
EChLdagi natijalari: o‘yin/gol
“Valensiya”: 14/6
“Barselona”: 26/8
“Atletiko”: 7/0
Fakt
• 2016 yilgi mavsumda Vilya MLSdagi 33 ta o‘yinda 23 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘ldi.
Shkelzen Gashi (“Kolorado Repidz”, 2016 yil fevral)
Yoshi: 28
Ampluasi: himoyachi
EChLdagi natijalari: o‘yin/gol
“Bazel”: 5/1
Fakt
• Asli Shveytsariyada tug‘ilgan va Albaniya termasida o‘ynaydigan Gashi 2016 yilgi G‘arbiy Konferensiya yarim finalida “Los-Andjeles Geleksi” darvozasiga 35 metrdan chiroyli gol kiritishga erishgan.
Sebastyan Djovinko (“Toronto”, 2015 yil yanvar)
Yoshi: 30
Ampluasi: Hujumchi
EChLdagi natijalari: o‘yin/gol
“Yuventus”: 19/2
Fakt
• Djovinko 2015 yil “Toronto”ni tarixda ilk bor pley-offga chiqishida o‘zining 22 ta goli bilan katta hissa qo‘shadi.
Marko Donadel (“Monreal Impakt”, 2014 yil dekabr)
Yoshi: 33
Ampluasi: yarim himoyachi
EChLdagi natijalari: o‘yin/gol
“Fiorentina”: 8/0
Fakt
• Donadel “Monreal”ning KONKAKAF Chempionlar ligasi finaliga qadar etib borishida katta xizmat qilladi.
Kaka (“Orlando Siti”, 2015 yil mart)
Yoshi: 34
Ampluasi: yarim himoyachi
EChLdagi natijalari: o‘yin/gol
“Milan”: 62/25
“Real”: 24/5
Fakt
• Kaka MLSdagi debyut o‘yinidayoq gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Eshli Koul (“Los-Andjeles Geleksi”, 2016 yil yanvar)
Yoshi: 36
Ampluasi: himoyachi
EChLdagi natijalari: o‘yin/gol
“Arsenal”: 45/1
“Chelsi”: 60/0
“Roma”: 3/0
Fakt
• Koul o‘tgan yilning 7 avgust sanasida “Nyu-York Red Bullz” darvozasini ishg‘ol etadi. Bu Eshlining so‘nggi 4 yil ichidagi ilk goli edi.
Nemanya Nikolich (“Chikago Fayr”, 2017 yil yanvar)
Yoshi: 29
Ampluasi: hujumchi
EChLdagi natijalari: o‘yin/gol
“Legiya”: 5/1
Fakt
• Nikolich – asli Serbiyada tug‘ilgan bo‘lsada, Vengriya termasida to‘p suradi.
Andrea Pirlo (“Nyu-York Siti”, 2015 yil yanvar)
Yoshi: 37
Ampluasi: yarim himoyachi
EChLdagi natijalari: o‘yin/gol
“Inter”: 5/0
“Milan”: 78/7
“Yuventus”: 25/1
Fakt
• Ikki bor EChLda g‘olib chiqqan Pirlo o‘tgan mavsumda 11 bor sheriklarini golli uzatma bilan ta’minlagan.
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar