“Real” haqida siz bilgan va bilmagan 10 ta fakt

  • 6 mart, 2017, 23:48
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Bugun Madridning “Real” klubi 115 yoshga to‘ldi. 1902 yilning 6 mart sanasida aka-uka Palasioslar tomonidan “Madrid” nomi ostida tashkil etilgan jamoaga “Real” nomini 1920 yilda qirol Alfons XII beradi. 115 yil mobaynida klub tarixida turli davrlar bo‘ldi. Umuman “Real” 115 yillik tarixida 110 ta sovrinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Shu kabi boshqa faktlar bilan esa quyida tanishasiz.

1. “Real” 115 yillik tarixi davomida 3914 ta bahsda maydong tushgan bo‘lib, 2305 ta o‘yinda g‘alaba qozongan, yana 757 o‘yinda durang qayd etgan bo‘lsa, qolgan 852 o‘yinda mag‘lubiyat alami ta’tib ko‘rilgan. “Qirollik klubi” shu bugunga qadar 8442 ta gol kiritishning uddasidan chiqqan bo‘lib, 4461 ta golni esa o‘z darvozasidan o‘tkazib yuborgan;

2. Klub tarixidagi eng uzun mag‘lubiyatsiz seriya esa Zinedin Zidan boshqaruvida qayd etilganidan xabaringiz bor. Frantsiyalik mutaxassis qo‘l ostida “Real” ketma-ket 40 ta o‘yinda mag‘lubiyat nimaligini bilmagan;

3. Eng uzun g‘alabali seriya esa 2014/15 yilgi mavsumda qayd etilgan. O‘shanda, Karlo Anchelotti jamoasiga ketma-ket 22 bellashuvda teng keladigan raqib umuman uchramagan;

4. 392 nafar futbolchi “Real” safida kamida 1 ta gol kiritishning uddasidan chiqqan. Klub tarixidagi eng yaxshi to‘purar esa Krishtianu Ronaldudir. Portugaliyalik forvard “Real” libosida 392 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan;

5. 115 yillik tarixda 729 futbolchi jamoa safida hech bo‘lmaganda 1 daqiqa to‘p surgan. Klub tarixida eng ko‘p o‘yinni esa Raul o‘tkazgan – 741 ta. Legioner futbolchilar orasida esa Roberto Karlosdir – 527 ta;

6.  “Real” tarixidagi eng yirik g‘alaba 1942/43 yilgi mavsumda qayd etilgan. O‘shanda, Ispaniya kubogi pley-offida “Barselona” 11–1 hisobida mag‘lub etilgan;

7.  Ayni vaqtda esa Zidan jamoasi yana bir tarixni yozmoqda. “Real” mana ketma-ket 46 o‘yindirki, har bir bahsda raqiblar darvozasini ishg‘ol etishni uddalab kelmoqda;

8. “Blankoslar” shu vaqtga qadar 237 ta raqibga qarshi o‘ynashgan. Bu borada eng ko‘p o‘yin “Barselona”ga qarshi o‘tkazilgan – 233 ta. “Atletik” bilan esa 112 bor o‘zari hisob-kitob qilingan;

9. 115 yillik tarix davomida madridliklarni 46 ta murabbiy boshqargan. Murabbiy sifatida eng ko‘p o‘yinni esa Migel Munos o‘tkazgan – 602 ta;

10. Klub tarixida jami 18 ta prezident faoliyat olib borgan. Bu har bir prezident jamoani o‘rtacha 6 yil boshqargan deganidir. Florentino Peres esa klub tarixidagi eng sovrindor prezident sanaladi – 32 ta sovrin.

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!