Allegri: Beyl yoki Isko? Men uchun Kazemironing o‘ynamasligi muxim

  • 2 iyun, 2017, 10:52
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Yuventus” klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri “Real”ning qaysi futbolchisini maydonda ko‘rishni istamasligini aytib o‘tdi.

Tecno

Hozir hamma Zidan asosiy tarkibda Isko  yoki Beylni tushirishi borasida bahslashmoqda. Ammo men uchun Kazemironing maydonga tushmasligi muxim. U “Real”ning o‘yini birlashtirib, tenglikda ushlab turadi. U jamoa o‘yinining asosi hisoblanadi. Albatta, u “Real”ning eng texnikali futbolchisi emas. Ammo uning maydondagi harakatlarini qiyoslab bo‘lmaydi. Undan boshqa hech kim bu ishni bajara olmaydi. Kazemiro asosiy tarkibda tushishni boshlaganidan buyon, “Real”da ancha narsa o‘zgardi”, – deb Allegrining so‘zlarini keltirib o‘tdi Marca nashri.

Eslatib o‘tamiz, “Real” xamda “Yuventus” o‘rtasidagi bahs 3 iyun kuni Kardiffda bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!