
Raqiblarni to‘pga qushib otadigan “to‘pchilar”
Londonning “Arsenal” klubi butun dunyoda o‘z muxlislariga egadir. Jumladan yurtimizda ham “kanonirlar”ning ishqibozlari oz emas. O‘z navbatida jamoa ham doimo o‘z oldiga oliy maqsadlarni qo‘yib kelgan. Biz esa mazkur shonli jamoa tarkibida klublar miqyosidagi eng nufuzli turnir sanalgan EChLda eng ko‘p gol kiritgan 5 futbolchi bilan sizlarni tanishtiramiz.
>>“Real”ga muhlislik qiluvchilar buni bilishlari kerak!
>>Messi xali eta olmagan, Ronaldu esa shaxdam odimlayotgan rekord haqida
>>Buffon eta olmagan rekord haqida
4-5. Fredrik Yungberg – 13 ta
3 mln funt evaziga harid qilingan Yungberg Venger tomonidan amalga oshirilgan muvaffaqiyatli transferlardan biridir. Shvettsiyalik futbolchi “to‘pchilar” uchun 13 bor EChLda zafar quchgan. Fredrikning “Arsenal”dagi faoliyatiga jarohatlar to‘sqinlik qiladi va 2007 yil MLSga yo‘l oladi. Yungberg bugungi kunda “Arsenal” akademiyasida yosh futbolchilarga futbol sir-asrorlarini o‘rgatib kelmoqda.
4-5. Fransesk Fabregas – 13 tadan
Fabregasni “Arsenal” muxlislari to “Chelsi”ga o‘tgunga qadar juda xurmat qilishar edi. 16 yoshligidayoq “kanonirlar” safida debyut qilgan futbolchi bu borada eng yoshi sanaladi. 2006 yilgi EChL finalida to‘p surgan Fabregas “Arsenal” safida 13 bor EChLda to‘p kiritishning uddasidan chiqqan. Bundan tashqari 2 bor UEFAning yil ramziy termasi safidan o‘rin egallagan.
3. Teo Uolkott – 14 ta
2007 yil “Dinamo Zagreb”ga qarshi o‘yinda ilk bor EChLda o‘yin o‘tkazgan Uolkott kuni kecha “Ludogorets”ga qarshi o‘yinda gol kiritib, bu borada 3 o‘ringa ko‘tarilib oldi. Teo gol kiritgan jamoalarning aksariyati o‘rtamiyona yoki kuchsiz jamoalar ekanini ko‘rish mumkin. Masalan, “Dinamo Zagreb”, “Fenerbaxche”, “Marsel” va boshqalar. Biroq “Barselona” hamda “Liverpul” kabi jamoalar darvozalariga ham yo‘l topa olganini qayd etmaslikning iloji yo‘q. Kelajakda Uolkott ushbu natijani yanada yaxshilishiga esa shubha yo‘q.
2. Robin van Persi – 18 ta
“Feyenord” tarkibidan kelib qo‘shilgan Robin “Yunayted” safiga o‘tib ketgach, muxlislarning nafratiga uchradi. Bunga qadar “Arsenal” safida EChLda 18 bor zafar quchib, jamoa uchun qadrli bo‘lib qolgan futbolchining raqib jamoaga o‘tib ketishini har qanday muxlis “hazm” qilishi juda qiyin albatta.
1. Teri Anri – 35 ta
Albatta, klub tarixidagi eng yaxshi to‘purarni bu ro‘yhatda uchratmaslik ajablanarli bo‘lardi. 2006 yilgi EChL finalida jamoani sardor sifatida boshlab tushgan Anri quloqdor sovrinni “Arsenal” libosida boshi uzra ko‘tarish nasib etmaydi. Shunday bo‘lsada, Teri “to‘pchilar” safida 35 bor mazkur nufuzli musobaqada raqib darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘lgan.
Tavsiya etamiz:
- Hakamlar “Barselona”ga yon bosadi(mi)
- Ronaldu – afsona! Qarshimisiz? Isbotlaymiz!
- EChLda “Bavariya”ga eng ko‘p gol kiritgan futbolchilar
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar