
Ana xolos! Pakyao Konor Makgregor bilan urushishga tayyor
O‘rta vazn toifasining WBO chempionlik kamari sohibi filippinlik Menni Pakyao (59-6-2, 38KO) engil vaznda UFC chempioni irlandiyalik Konor MakGregor bilan boks ringida uchrashishga tayyor ekanligini aytib o‘tgan.
– Men bu haqda jiddiy gapirayotganliklarini bilmayman. Shuningdek, tashkil qilinishini ham. Boksdamen Makgregor bilan uchrashgan bo‘lardim, ammo UFCda emas. Men Konorning qanday jang qilishini ko‘rmaganman, biroq boks va UFC bir-biridan farq qiladi, – deydi Pakyao.
Eslatib o‘tamiz, Menni Pakyao o‘zining navbatdagi jangini 23 aprel kuni avstraliyalik Jeff Xornga qarshi o‘tkazadi. Avvalroq MakGregor afsonaviy bokschi Floyd Meyvezer bilan urushmoqchiligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar