Anvar Boynazarov va tailandlik muay taychi jang oldidan taroziga chiqishdi (foto)
O‘zbekistonlik yakkakurash janglar ustasi Anvar Boynazarov “EM LEGEND” musobaqasi chorak finalidagi bellashuvni tailandlik muay tay jangchisi Narongga qarshi o‘tkazadi.
Bugun mazkur jang oldidan vazn tortish va jang oldi tadbirlari tashkil etildi. Kikboksing qoidalari bo‘yicha o‘tadigan jang 65 kg vazn toifasida 5 avgust kuni Tailandda bo‘lib o‘tadi.
– Mazkur jangga tayyorman. O‘ylaymanki, bu to‘qnashuvda ham g‘alaba qozonaman. Bunga ishonchim komil. Albatta, muxlislarimning qo‘llab-quvvatlashlari juda muhim. Raqibim anchayin kuchli va juda yaxshi sport formasida. Bu gal ham ularni g‘alaba bilan xursand qilish niyatim bor, – deydi Boynazarov SPORTS.uz nashriga.

Eslatib o‘tamiz, Anvar Boynazarov o‘zining so‘nggi jangini 10 iyul kuni Xitoyning Chongqing shahrida “TOPKING WORLD SERIES 2017” turniri doirasida o‘tkazib, braziliyalik Marlon Roberto dos Santosni birinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi.

Fikrlar