Anvar Boynazarov 5 avgust kuni ringga ko‘tariladi

TIGGO 2 PRO

O‘zbekistonlik yakkakurash janglar ustasi Anvar Boynazarov “EM LEGEND” musobaqasi chorak finalidagi bellashuvni tailandlik muay tay jangchisi Narongga qarshi o‘tkazishi haqida xabar bergan edik.

Sportchimizning SPORTS.uz internet axborot portaliga bergan ma’lumotiga ko‘ra, jang 5 avgust kuni Tailandda bo‘lib o‘tadi.

Kikboksing bo‘yicha o‘tadigan jangda sportchilar 65 kg vazn toifasida ringga ko‘tariladilar. Boynazarov ayni damda mazkur jangga tayyorgarliklarni Tailandning Pxuket shahrida olib bormoqda.

Anvar Boynazarov

Eslatib o‘tamiz, Anvar Boynazarov o‘zining so‘nggi jangini 10 iyul kuni Xitoyning Chongqing shahrida “ TOPKING WORLD SERIES 2017” turniri doirasida o‘tkazib, braziliyalik Marlon Roberto dos Santosni birinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!