
Boks bo‘yicha terma jamoamiz yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlab yuborishdi
Ma’lumki, o‘tgan 2016 yil o‘zbek sportchilari uchun juda omadli o‘tdi. Sportchilarimiz xalqaro maydonlarda o‘zlarining nimalarga qodirligini isbotlashib, davlatimiz bayrog‘ini baland-balandlarga ko‘tarishdi.
Yangi 2017 yilning ilk kunlaridan esa yangi mavsumga tayyorgarlikka kirishgan bokschilarimiz bugun o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarining birinchi bosqichini o‘tash uchun Angrenga yo‘l olishdi. Unda bokschilar, murabbiylar va boshqalar bilan jami 53 kishi ishtirok etishmoqda. Mashg‘ulotlarning birinchi bosqich 19 yanvargacha davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, bokschilarimizning yangi mavsumdagi ilk ishtirokini Butunjahon boks seriyasi (WSB) musobaqasida boshlaydi. “Uzbek Tigers” jamoasining ilk raqibi Xitoyning “China Dragons” bo‘ladi. Janglar 3 fevral kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Bu haqda batafsil keyinroq to‘xtalamiz.
Fikrlar