
Denis Istomin raqibini juda tez taslim qildi
O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin Tailandda o‘tkazilayotgan "Bangkok Challenger - 2017" xalqaro turnirining yakkalik bahslaridagi ishtirokini boshladi.
Nufuzli musobaqada ikkinchi raqamda saralangan hamyurtimiz dastlabki bosqichda mezbonlar vakili Gongsup Gongkar bilan raqobatlashdi. Uchrashuv Denisning to‘liq ustunligida o‘tdi va hisob ham shunga yarasha bo‘ldi - 6:0, 6:1.
Ikkinchi davrada Denis Istomin rossiyalik Aslan Karatsev va chililik Kristian Garin o‘rtasidagi bahs g‘olibi bilan kuch sinashadi.
Fikrlar