EChLda 11 soniyada kiritilgan golga 10 yil to‘ldi

  • 7 mart, 2017, 20:08
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bundan rosa 10 yil muqaddam EChL 1/8 final javob uchrashuvi doirasida “Bavariya” va “Real” klublari o‘rtasidagi o‘yinda EChL tarixidagi eng tezkor gol kiritilgan edi. O‘shanda o‘yinning 10,12-soniyasidayoq mezbonlar futbolchisi Roy Makay uchrashuvda hisobni ochishga muvaffaq bo‘lgan edi. Shu munosabati bilan esa bugun biz o‘sha bahsda maydonga tushgan “Bavariya” futbolchilari bilan sizlarni tanishtiramiz.

Roy Makay

Bugungi kunda “Feyenord” klubida murabbiy sifatida faoliyat yuritayotgan Makay “Bavariya” safida 2003-2007 yillarda to‘p surgan bo‘lib, bu vaqt oralig‘ida gollandiyalik sobiq hujumchi raqiblar darvozasini 103 bor ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘lgan. Makay 2007 yilning 7 mart oqshomida Xasan Salixamidjichdan to‘pni qabul qilib oladi va…

Mark van Bommel

Makayning hamyurti van Bommelni ham “Bavariya” muxlislari qadrlashadi. Myunxenda 4,5 yil to‘p surgan Mark jamoaga Lui van Gal kelgach, klubdan ketishga qaror qiladi va “Milan”ga o‘tib, A Seriyada g‘olib chiqadi. Faoliyatitini esa “PSV”da yakunlaydi

Ouen Xargrivz

“Bavariya” akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Xargrivz 2001 yil “Real”ga qarshi kechgan javob o‘yinida nimalar qilmagan deysiz? Ammo Xargrivzni muntazam ravishda jarohatlar ta’qib qilib kelgan va ayni shu sabab 31 yoshida butsalarini “mixga ilish”ga majbur bo‘ladi.

Villi Sanol

“Bavariya” muxlislari “Villiiiiiiiiii” deb qichqirishdimi? Demak, to‘p bilan kim muomala qilayotganini bilish qiyin emas edi. Myunxen superklubida 8 yil to‘p surgan Sanol ham jarohatlari sabab futboldan barvaqt ketishga majbur bo‘ladi.

Daniel van Buyten

Van Buyten ham “Bavariya” safida 8 yil to‘p surgan va jamoa bilan 4 marta “Oltin dubl”ni qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari belgiyalik sobiq futbolchi EChLda ham zafar quchgan. Bugungi kunda esa Daniel  moda olamida faoliyat yuritish bilan birga, Lejning “Standart” klubida vitse-prezident sifatida ham ishlamoqda.

Lusio

Lusio – van Buytenning markaziy himoyadagi sherigi edi. Eng qizig‘i esa u ham van Gal kelgani xamonoq, klubni tark etadi va “Inter” safiga borib qo‘shiladi. 2010 yilgi EChL finalida esa braziliyalik himoyachi “Inter” safida sobiq jamoasiga qarshi maydonga tushadi va “neradzurrilar”ning g‘alabasiga o‘zining munosib xissasini qo‘shadi.

Filipp Lam

Lam 2014 yilda xalqaro faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi. Aftidan bu mavsum yakunlanganidan so‘ng Filipp futbolchilik faoliyatini yakunlaydi.

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!