Eng zo‘r bokschiga beriladigan va hozir Hasanboy Do‘smatov egallab turgan Vel Barker kubogi haqida nimalar bilamiz?

CHERY AUTO

Vel Barker kubogi (ing. Val Barker Trophy) 1936 yildan buyon Olimpiya o‘yinlaridagi texnikasi eng kuchli bokschiga berib kelinayotgan nufuzli sovrindir.

Tecno
 

Ushbu kubok 1920 yilda Xalqaro havaskor bokschilar assotsiatsiyasining (AIBA) birinchi faxriy kotibi bo‘lgan ingliz bokschisi Vel Barker sharafiga ta’sis etilgan.

Vel Barker kubogi AIBA mulki hisoblanadi va Olimpiya o‘yinlarida qanday o‘rin egallaganidan qat’iy nazar jang olib borish texnikasi eng mukammal, deb topilgan bokschiga beriladi. Bu nomga sazovor bo‘lgan bokschiga Kubok nusxasi va AIBA diplomi taqdim etiladi. Kubokning o‘zi musobaqalar yakunlangach, ertasiga maxsus tashkil etilgan marosimda AIBA a’zolari va taklif qilingan nufuzli mehmonlar guvohligida topshiriladi. Ushbu marosimga g‘oliblikka da’vogar bo‘lgan barcha bokschilar ham taklif etiladi.

Kubokning asosidagi lavhga sovrin sohibining ismi, vazn toifasi, mamlakati va Olimpiya o‘yinlari mezboni nomi va musobaqa o‘tkazilgan yil yoziladi.

Kubokni olgan bokschi sovrinni keyingi Olimpiya o‘yinlarigacha saqlash uchun o‘z milliy federatsiyasi vakiliga topshiradi. Milliy federatsiya AIBAga Kubokni saqlash uchun yozma kafolat beradi va xalqaro federatsiyasi hisobiga sovrinni saqlanishini kafolatlovchi sug‘urta pulini o‘tkazib beradi.

Keyingi Olimpiya o‘yinlarining boks musobaqalari boshlanishidan kamida etti kun oldin milliy federatsiyasi Kubokni AIBA ijroiya qo‘mitasi a’zolariga qaytarishi shart. Sovrin sohibi bo‘lgan bokschi keyingi Olimpiadaga faxriy mehmon sifatida taklif etiladi va Kubokni yangi bokschiga topshirish marosimida qatnashadi.

Agar ketma-ket uchta Olimpiada davomida ushbu Kubokni bir milliy federatsiya vakillari qo‘lga kiritsa, sovrin o‘sha milliy federatsiyaning mulkiga aylanadi.

Biroq hali Olimpiya o‘yinlari tarixida hech bir mamlakat vakillariga ketmagan uch marta Vel Barker kubogiga ega chiqish nasib etmagan.

Vel Barker kubogining amaldagi sohibi o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Hasanboy Do‘smatov hisoblanadi. Hamyurtimiz 2016 yili Rio-de-Janeyroda o‘tgan Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiridi va musobaqa da ishtirok etgan 250 nafar bokschi orasida texnikasi eng zo‘r bokschi deb topildi.

Hasanboy Do‘smatovning Olimpiya o‘yinlaridagi suratlarini tomosha qiling:

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!