Evropa ligasi chorak finalida ro‘baro kelgan juftliklar haqida

  • 17 mart, 2017, 21:20
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Bugun Nondagi UEFA shtab-kvartirasida Evropa ligasi chorak finaliga qur’a tashlandi. Qur’a natijalariga ko‘ra Joze Mourino jamoasi “Anderlext” bilan, Axmedovning sobiq jamoasini musobaqadan chiqarib yuborgan “Selta” Belgiyaning boshqa bir jamoasi – “Genk” bilan, Depayni sotib olgan “Lion” “Beshiktosh” bilan, va nihoyat “Ayaks” esa “Shalke-04” bilan to‘qnash keladigan bo‘ldi. Biz esa bu jamoalarning oldingi ishtiroklari va boshqalar to‘g‘risidagi qiziqarli faktlarni e’tiboringizga havola etamiz.

“Ayaks” – “Shalke”

Har ikkala jamoa UEFA kubogi/Evropa ligasini oldin qo‘lga kiritishga ulgurgan. “Ayaks” 1991/92 yilgi mavsumda, gelzenkirxenliklar esa 1996/97 yilgi mavsumda bosh sovrinni qo‘lga kiritishgan;

“Shalke-04” hujumchisi Klaas-Yan Xuntelar 3 mavsum “Ayaks”da ham to‘p surgan va amsterdamliklar safida 100 ga yaqin gol kiritishga erishgan;

“Ayaks” so‘nggi bor Germaniya jamoalari bilan 2012/13 yilgi mavsum EChL doirasida “Borussiya Dortmund” bilan o‘ynagan;

O‘shanda amsterdamliklar o‘z uylarida dortmunliklarga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Ammo “Ayaks” o‘z maydonida Germaniya klublari bilan o‘tgan 14 o‘yinning 12 tasida g‘alaba qozonganligini ta’kidlash joiz.

“Anderlext” – “MYu”

“Anderlext” jamoasi “MYu”ga qarshi 6 bor to‘p surgan va shularning 3 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, yana shuncha bahsda inglizlar zafar quchgan;

1956/57 yilgi mavsumda “Anderlext” Manchesterda 0:10 hisobida mag‘lub bo‘lgan va bu Belgiya klubi tarixida evrokuboklardagi eng yirik mag‘lubiyati sanaladi;

Zlatan Ibragimovich 2013/14 yilgi mavsumda “PSJ” safida EChL doirasida “Anderlext”ga qarshi o‘yinda “poker”ga erishgan

Anderlext tumanli albionda hech qachon g‘alaba qozona bilmagan – 15 o‘yinda 12 mag‘lubiyat va 3 durang.

“Selta” – “Genk”

“Selta” faqatgina 2003/04 yilgi mavsumda Belgiya jamoasiga ro‘baro kelgan;

O‘shanda “Selta” klubi “Bryugge” bilan EChL doirasida to‘qnash keladi. Qizig‘i har ikkala o‘yinda ham 1:1 hisobi qayd etilgan edi.

“Lion” – “Beshiktosh”

Bu jamoalar rasmiy o‘yinlar doirasida muqaddam to‘qnash kelishmagan;

“Lion” turk klublari bilan 2004/05 yilgi mavsumdan buyon xali ro‘baro kelmagan edi;

“Beshitkosh” esa o‘z maydonida frantsuz jamoalariga mag‘lub bo‘lmagan – 3 o‘yin, 2 g‘alaba va 1 durang. Ammo Frantsiyada kechgan har uchchala o‘yinda istanbulliklar mezbonlarga imkoniyatni boy bergan.

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!