Fomin yangi mavsumni Ummonda o‘tkazadi
O‘tgan mavsumni “Buxoro” klubida o‘tkazgan himoyachi Maksimilian Fomin keyingi mavsumni Ummonda o‘tkazadigan bo‘ldi. Oldinroq, 23 yoshli futbolchining ummonliklar bilan kelisha olmagani to‘g‘risida xabar bergan edik.

SPORTS.uz internet axborot portaliga ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekistonga qaytishi taxmin qilingan himoyachi klub bilan rasmiy kelishuvga erishgan. Futbolchimiz “Saham”ning ikkinchi jamoasi tarkibida harakat qiladi.
Qayd etish joiz, oldinroq futbolchimizning “Saham” safida “Al-Tavon”ga qarshi o‘tkazilgan nazorat bahsida maydonga tushgani xabar qilingandi.


Fikrlar