Hasanboy Do‘smatov va yana uch bokschimiz finalda!
Tailand poytaxti Bangkok shahrida tashkil etilgan boks bo‘yicha "Qirol kubogi-2017" xalqaro turnirining finalchilari aniqlandi.
Musobaqada ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasining etti nafar a’zosidan to‘rt nafari finalga chiqdi.
Turnirning eng mashhur bokschisi Hasanboy Do‘smatov 49 kilogramm vazn toifasida final yo‘llanmasi uchun bo‘lgan bellashuvda Koreya Xalq Demokratik Respublikasi vakili Kim Yun Songni kata ustunlik bilan engdi.
Hasanboy Do‘smatov final yo‘llanmasi uchun ringga chiqadi
64 kilogramm vaz toifasida ringa chiqayotgan Elnur Abduraimov yarim final jangida hindistonlik Roxit Tokasni mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, og‘irligi 69 kilogramm bo‘lgan bokschilar bahsida Shahram G‘iyosov qatarlik Txarimalungan Txulasidan ustun keldi.
Hasanboy Do‘smatovning Tailanddagi jangi (video)
75 kilogramm vazn toifasida Isroil Madrimov yarim finalda tailandlik Tirapong Deeni engdi.
Hasanboyning raqibi zarbalarga dosh berolmadi (video)
Ishtirokini yarim finalda to‘xtatgan Jasurbek Latipov, Shahobiddin Zoirov, Murodjon Ahmadaliev bronza medal bilan kifoyalandi.
Musobaqaga oid eng so‘nggi xabar va yangiliklarni SPORTS.uz axborot portali orqali kuzatib boring!



Fikrlar