Konte sobiq shogirdini “Chelsi”ga olib kelmoqchi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” klubi “Yuventus” jamoasi himoyachisi Leonardo Bonuchchini sotib olmoqchi. Football Italia nashrining xabar berishicha, “aristokratlar” 30 yoshli futbolchiga yiliga 8 mln evrolik maoshga ega bo‘lgan shartnoma taklif qilishgan.

Bonuchchini “Chelsi” ustozi Antonio Konte jamoada ko‘rishni istamoqda. Bu ikkovlon ilgari “Yuventus” xamda Italiya terma jamoasida birga ishlashgan. Ammo futbolchining o‘zi oilasi istiqomat qiladigan Turin shahrini tark etgisi yo‘q.

Ma’lumot uchun, Bonuchchi bu mavsum Italiya A Seriyasida 29 bahsda maydonga tushdi va raqiblar darvozasini 3 bor aniq nishonga ola bildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!