
Ronaldu qo‘ygan kechagi rekord. Messi undan osha oladimi?
Futbol dunyosida shunday atama mavjud – “kuchli beshlik”. Bu iborani futbol olamidan yaxshi xabardor bo‘lgan insonlar juda yaxshi bilishadi. Bilmaganlarga esa eslatib o‘tamiz: Angliya Premer ligasi, Ispaniya La ligasi, Italiya A Seriyasi, Germaniya Bundesligasi va Frantsiya birinchi divizionini umumiy tarzda “kuchli beshlik” deb ataladi. Biz esa mazkur “beshlikka” kiruvchi chempionatlarda eng ko‘p gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan futbolchilar bilan sizlarni tanishtiramiz.
>>Raqiblarni to‘pga qushib otadigan “to‘pchilar”
>>“Real”ga muhlislik qiluvchilar buni bilishlari kerak!
>>Messi xali eta olmagan, Ronaldu esa shaxdam odimlayotgan rekord haqida
5. Stiv Blumer(Angliya) – 317 ta gol
Ingliz futbolining yorqin afsonasi bo‘lgan Blumer haqida yosh muhlislar hech narsa bilmasligi tabiiy. Shunday ekan u haqida oz bo‘lsada, ma`lunot berib o‘tsak, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Stib futbolchilik faoliyatini XIX asrning oxiri hamda XX asrning boshlarida olib brogan bo‘lib, “Derbi Kaunti” hamda “Midlsbro” jamoalarida o‘ynagan. Hayotining katta qismini “Derbi”ga bag‘ishlagan Blumer “qo‘ylar” safida to‘rt bor Angliya chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘ladi. “Deri” klubi tarixidagi eng yaxshi to‘purar ham aynan qahramonimizdir – 332 ta gol. IFFHS uni XX asrning eng yaxshi futbolchilari ro‘yhatida 45-o‘ringa mos ko‘radi. Umuman Blumer faoliyati davomida 394 ta gol kiritgan bo‘lib, 332 tasini “Derbi Kaunti”da, qolgan qismini “Midlsbro” hamda Angliya termasi safida kiritgan. Umuman Blumer yuqoridagi ikki klub tarkibida milliy chempionat doirasida 317 ta to‘p kiritishning uddasidan chiqqan.
>>Buffon eta olmagan rekord haqida
4. Lionel Messi – 347 ta gol
Bu futbolchi haqida ortiqcha ta’rif berishning hojati bo‘lmasa kerak. Zamonamizning eng kuchli futbolchilaridan biri bo‘lgan Leo Ispaniya La ligasida ayni paytga qadar raqiblar darvozasini 347 bor ishg‘ol etishning uddalagan. Hozirgacha Messi La liga to‘purariga topshiriladigan “Pichichi” sovrinini 3 bora qo‘lga kiritgan.
3. Gerd Myuller – 365 ta gol
Myuller – bu familiyaga ega bo‘lgan futbolchilar o‘zlarining mahorati bilan dunyoni lol qoldirishgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Gerd, Ditter hamda Tomas Myullerlarning nemis futbolidagi tutgan o‘rni bo‘lakchadir. Biz so‘z yuritayotgan Gerd Myuller faoliyatining asosiy qismini “Bavariya” safida o‘tkazgan bo‘lib, klub va terma jamoada yutish imkoni bo‘lgan barcha sovrinlarni qo‘lga kiritgandir. Gerd Myuller Bundesligada 427 ta o‘yinda maydonga tushgan holda 365 bor raqiblar darvozasini ishg‘ol etgan. 7 bor GFR chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘lgan Gerd Myuller mazkur reytingdagi o‘rnini yaqin orada boy berishi kutilmoqda.
>>“U Messidan ham kuchli bo‘ladi” yoxud Mbappening ajoyib natijalari haqida
2. Jimmi Grivz – 366 ta gol
Ingliz futbolining yana bir yorqin ijrochilaridan biri bu – Jimmi Grivzdir. “Chelsi” hamda “Tottenxem” klubidagi yorqin o‘yinlari bilan muhlislar olqishiga sazovor bo‘lgan Grivz 20 yoshida Angliya chempionatida 100, 23 yoshida esa 200 ta to‘p kiritishning uddasidan chiqadi. Angliya chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to‘purar, bundan tashqari “Tottenxem” tarixidagi eng yahshi to‘purar ham aynan Grivzdir.
1. Krishtianu Ronaldu – 367 ta gol
Ronalduning kuni kecha “Selta”ga qilgan “dubl”ini ham inobatga oladigan bo‘lsak, uning kuchli beshlik chempionatlarida kiritgan gollari soni 367 tani tashkil etmoqda. Unga buncha goldan iborat “xirmon”ni yasashi uchun 381 ta o‘yin kerak bo‘ldi. O‘rtacha samaradorlik esa o‘yinga 0,92 tani tashkil etmoqda. Potugaliyalik futbolchi APLda 84 ta gol kiritgan bo‘lib, qolgan gollar La ligaga to‘g‘ri keladi. APLda bir bor to‘purar bo‘lgan Ronaldu Ispaniya chempionatida 3 bor eng yaxshi to‘purar uchun atalgan sovrinni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Biroq Messi qachonlardir ushbu rekordni yangilashi kutilmoqda.
Izoh: Ma’lumot 18.05.2016 holatiga
Tavsiya etamiz:
- Hakamlar “Barselona”ga yon bosadi(mi)
- Ronaldu – afsona! Qarshimisiz? Isbotlaymiz!
- EChLda “Bavariya”ga eng ko‘p gol kiritgan futbolchilar
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar