
Legionerlarimiz. Haydarov to‘p suradigan “Al-Shabab” chempionatda…
Bugun BAA chempionatida so‘nggi 26-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Azizbek Haydarov faoliyat olib boradigan “Al-Shabab” klubi o‘z maydonida “Al-Vaxda”ni qabul qildi.
Anchagina sokin ruhda o‘tgan o‘yinda jamoalar 1:1 hisobidagi durangga “rozi” bo‘lishdi. Hamyurtimiz o‘yinni to‘liq o‘tkazdi.
Yakunlangan mavsumda “Al-Shabab” 30 ochko to‘pladi va 14 jamoa orasida 8-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
BAA chempionati. 26-tur
“Al-Shabab” – “Al-Vaxda” 1:1 (0:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 55 De Vinsenti(penaltidan), 1:1 – 70 Tagliabue.
Al-Shabab – Abdullox Muxammad Xassan, Muhammad Essa(Mahmud Qosim 84), Muhammad Ali Ayid, Aziz Haydarov, Rashid Essa, De Vinsenti, Ismoil Xolid, Saad Xamis Saad(Muhammad Ibroxim 75), Farxad Xalfan Ali, Rashid Xassan, Xalifa Abdulla.
Al-Vaxda – Ali Al Xosani, Salim Sulton Al Sharji, Nosir Abdulxadi(Sulton Al G‘ofari 61), Rim Chang Vu, Abdulrahim Abdulrahmon, Tariq Axmad, Axmad Al Akbari, Axmad Rashid, Muhammad Al Akbari(Tagliabue 68), Muhammad Al Hammadi, Xalil Ibrohim.
Ogohlantirishlar: Salim Sulton Al Sharji(47), Rim Chang Vu(88), Balaj Djudjak(90).
Fikrlar