Mojaro: Messi "Barselona"da qolishga va’da bermagan yoxud Leoning nomidan kim intervyu berdi?

  • 18 yanvar, 2017, 21:53
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xatto Messining Kataloniyada qolish-qolmasligi uning jamoadoshlarini ham xavotirga solmoqda. "Barsa" futbolchilar klub rahbariyatida Messining darajasiga mos shartnoma taklif qilishni, Leodan esa uni imzolashdi so‘radi.

Tecno
Lionel Messi va "Barselona" o‘rtasidagi masala ko‘pchilikni qiziqtirib kelmoqda. Argentinalik hujumchi "Barselona"ning yangi shartnoma bo‘yicha hech bir taklifiga ijobiy javob bermayapti. Bir tomonda Xitoy milliarderlari, ikkinchi tomonda Evropaning grandlari bu futbolchini qo‘lga kiritish uchun bor-budini sarflashga so‘z bermoqda.

Messi haqidagi so‘nggi xabarlarda Lionel Coach nashriga intervyu bergani va u "Barselona" qancha vaqt istasa shuncha o‘ynashi haqida ma’lumot berildi. Coach nashrida aks etgan bu fikrlarni butun dunyo matbuoti ovoza qildi.

Biroq, Lionelning otasi Xorxe Messi Coach nashri o‘g‘lidan interyu olganini va bildirilgan fikrlar o‘g‘liniki emasligini oshkor qildi.

- Bu intervyu bo‘lmagan, - dedi Xorxe Messi. - Bu yolg‘ondan boshqa narsa emas.

"Barselona" va Lionel Messi masalasi uzoq davom etadigan ko‘rinadi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!