“Monako” – “Manchester Siti” o‘yiniga oid 10 ta fakt

  • 14 mart, 2017, 22:46
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Ertaga EChL 1/8 finali uchrashuvlari davom ettiriladi. Frantsiyaning “Monako” jamoasi o‘z maydonida Angliyaning “Manchester Siti” jamoasini qabul qiladi. “Ittixod”da kechgan o‘yinda yodingizda bo‘lsa, “shaharliklar” knyazlik klubida 5:2 hisobida ustun kelgan edi. Biz esa “Lui II”da o‘tadigan javob bahsi oldidan ushnu o‘yinga oid ayrim faktlarni e’tiboringizga havola etamiz.

1. “Monako” bu mavsum o‘z maydonida o‘tgan xalqaro o‘yinlarning birortasida mag‘lubiyatga uchramagan – 4 g‘alaba va 1 durang(saralashdagi “Vilyareal” xamda”Fenerbaxche”ga qarshi o‘yinlar ham inobatga olingan);

2. Ushbu mavsum guruh bosqichida “Monako” Angliyaning “Tottenxem” klubini har ikkala o‘yinda ham bir xil – 2:1 hisobida mag‘lub etishning uddasidan chiqqan. Ammo “Siti”ga kelganda…;

3. “Monako”ning evrokuboklar doirasida o‘z maydonida ingliz jamoalari bilan to‘qnashuvlardagi statistikasi quyidagicha: 4 g‘alaba, 2 durang va 2 mag‘lubiyat;

4. Ertaga “shaharliklar” o‘z tarixlarida ikkinchi bor EChL chorak finaliga chiqishi mumkin;

5. Xosep Gvardiola boshqargan jamoalar doimo 1/8 finaldan o‘tib kelgan;

6. Ushbu mavsumda esa “shaharliklar” EChLda mehmondagi bahslarda biror marta g‘alaba qozonishmadi – 2 durang va 1 mag‘lubiyat;

7. Yaya Ture 2006/07 yilgi mavsumda “Monako” safida to‘p surganligini ko‘pchilik bilmasa kerak. O‘shanda, Yaya chempionatda knyazlik klubi safida 27 bahsda maydonga tushgan xolda 5 bor gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan;

8. “Monako” so‘nggi bor EChL chorak finalida 2014/15 yilgi mavsumda to‘p surgan. O‘shanda frantsuzlar 1/8 finalda “Arsenal”ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra mag‘lub etishning uddasidan chiqishgan edi;

9. Monako shu vaqtga qadar evrokuboklarda ingliz jamoalariga faqatgina 4 bahsda imkoniyatni boy bergan xolos;

10. “Manchester Siti” EChLda mehmondagi uchrashuvlarda so‘nggi bor o‘tgan yili 24 fevralda g‘alaba qozongan(3:1 “Dinamo Kiev”) ekan.

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!