
Yana ikki afsona to‘g‘risida: Buffon va Kasilyaslarning EChLdagi natijalari
Bugun oqshom EChL 1/8 final javob bahsida “Yuventus” va “Portu” jamoalari o‘zaro bahs olib borishadi. E’tiborlisi, mazkur qarama-qarshilikda jahonning eng yaxshi ikki posbonlari – Iker Kasilyas xamda Janluidji Buffonlar bir-biriga qarshi bahs yuritadi. Biz esa shu munosabat bilan bu ikkovlonning EChLdagi statistikasiga e`tiborimizni qaratdik.
Mavzuga oid: Kasilyas vs Buffon dueli tarixi
1. Iker Kasilyasning EChLdagi debyuti u qadar omadli chiqmagan. 1999 yilning sentyabrida Kasilyas EChLda “Olimpiakos” jamoasiga qarshi o‘yinda debyut qiladi. Mazkur o‘yinda Iker o‘z darvozasidan 3 bor to‘p olib chiqishga majbur bo‘lgan bo‘lsada, yakunda “blankoslar” 3:3 hisobida durang o‘ynashadi. O‘sha mavsum yakunida esa Kasilyas EChLda go‘lib chiqadi va finalda o‘ynagan eng yosh darvozabon bo‘ladi;
2. Buffon esa 1997/98 yilgi mavsumda “Parma” safida EChLda debyut qiladi. Bu uning “Yuventus” safida EChLda ishtirok etmagan yagona mavsumi edi;
3. EChLda 100 ta va undan oshiq o‘yin o‘tkazgan futbolchilar soni 29 tani tashkil etadi. Shulardan 5 nafari esa darvozabonlardir. Bizning qahramonlarimiz Buffon va Kasilyas esa EChLda mos ravishda 101 xamda 163 ta o‘yinda maydonga tushishgan;
4. Kasilyas 3 marta EChL bosh sovrinini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Bu borada Iker boshqa darvozabonlar Viktor Valdes(“Barselona”), “Rey Klemens(“Liverpul”), Zepp Maer(“Bavariya”) va Xeynts Stey (“Ayaks”) bilan bir qatorda turadi. Umuman EChLda eng ko‘p g‘olib chiqqan darvozabon Xuan Alonso(“Real”)dir – 5 marta. Buffon esa klublar miqyosidagi eng nufuzli musobaqada biror marta g‘olib chiqmagan. Ammo ikki bor mazkur turnir finalida o‘ynagan;
5. Kasilyas EChLda 57 ta o‘yinni “quruq” o‘tkazgan. Ammo buni foizda aks ettiradigan bo‘lsak, tarozi pallasi Buffon tarafga og‘ib ketadi: 35 % - 42 %.
6. Kasilyas jamolari Buffon bilan o‘zaro o‘yinlarning 6 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, ikki o‘yinda kuchlar teng kelgan va qolgan 5 bellashuvda Buffon jamoalari g‘alaba qozongan (g‘alaba deganda, penaltilar seriyasidagi g‘alaba ham inobata olingan, muallif);
7. Bu ikkovlon EChLda faqatgina bir marta penaltilar seriyasida ishtirok etishgan. Kasilyas 2011/12 yilgi mavsum yarim finalida “Bavariya”ga qarshi o‘yinda Toni Kroos xamda Filipp Lamlarning zarbalarini bartaraf etgan bo‘lsada, uning jamoasi finalga chiqa olmaydi. O‘z nabvatida Buffon ham 2003 yilgi final bahsida “Milan” futbolchilari tomonidan yo‘llangan ikki penaltini bartaraf etadi. Biroq uning jamoasi 2:3 hisobida futbol “lotoreyasi”da yutqazib qo‘yadi;
8. Kasilyasning EChLdagi eng uzoq davom etgan “quruq” seriyasi 476 daqiqa, Buffoniki esa 559 daqiqani tashkil etar ekan.
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar