Pakyao chempionlik kamarini qaytarib olmoqchi

  • 8 avgust, 2017, 11:07
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO

Mashhur promouter Bob Arum so‘zlariga ko‘ra, filippinlik bokschi Menni Pakyao bokschilik faoliyatini yakunlamoqchi emas  va ko‘pgina tortishuvlar imkoniyatni boy bergan avstraliyalik Jeff Xorndan revansh olishni maqsad qilgan. Bu jang iyulda tashkil etilgan edi va hakamlarning qaroriga ko‘ra, “yashil qit’a” vakili g‘alabani ilib ketgan.

Endi bu bokschi oldin Pakyaoga tegishli bo‘lgan yarim o‘rta vazn toifasida WBO chempionlik kamariga egalik qilmoqda.

Menni ketmoqchi emas, — deydi promouter. — U revansh olmoqchi va biz hozida shuning ustida ishlamoqdamiz.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Pakyao Filippin senati ta’tilga chiqqandan so‘ng jang o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Senat noyabrda ta’tilga chiqadi. Arumning so‘zlariga ko‘ra, revansh jangi ham Avstraliyada usti yopiq ringda o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!