
“Sautgempton” faqat mana shu tarkib bilan “MYu”ni yutishi mumkin edi
O‘tgan hafta Angliyada dastlabki musobaqa o‘z nihoyasiga etdi. Angliya liga kubogi finalida “Manchester Yunayted” va “Sautgempton” klublari o‘zaro bahs olib borishdi. Qiziqarli tarzda kechgan o‘yinda tajriba o‘z “so‘zini aytdi” va “qizil iblislar” so‘nggi 10 oyda uchinchi titulni qo‘lga kiritishdi. Bugun, biz esa“Sautgempton”dan etishib chiqqan “yulduz” futbolchilar bilan sizlarni o‘ziga xos tarzda tanishtiramiz.
Freyzer Forster
Hozirgi klubi: “Sautgemton”
“Avliyolar”ga uning transferi qanchaga tushgan: 10 mln funt
Bizning ushbu tarkibimizdan o‘rin egllagan xamda hozirda ham “Sautgempton”da to‘p surayotgan yagona futbolchi bu aynan Forsterdir. To‘gri, u ba’zida juda ham kulgili xatolarga yo‘l qo‘yib turadi. Ammo bu Freyzerga bizning ro‘yhatimizdan joy egallashi uchun sabab bo‘lmadi.
Lyuk Shou
Hozirgi klubi: “Manchester Yunayted”
“Avliyolar”ga uning transferi qanchaga tushgan: 0 funt(klub tarbiyalanuvchisi)
Qanchaga transfer qilingan: 31 mln funt
“Sautgempton” akademiyasidan etishib chiqqan so‘nggi “katta” futbolchilardan biri bu shubhasiz Shoudir. “Avliyolar” Lyukni 2014 yilda ozmuncha narhga pullashmaydi. Ammo Shouning jarohatlari uning kelajagiga raxna solmoqda.
Deyan Lovren
Hozirgi klubi: “Liverpul”
“Avliyolar”ga uning transferi qanchaga tushgan: 8 mln funt
Qanchaga transfer qilingan: 21 mln
Lovren port shahar – Sautgemptonda bor-yo‘g‘i bir mavsum to‘p surgan xolos. Shunday oz muddat ichida esa u “avliyolar” himoyasida mustahkam “devor”ni qura bildi. “Liverpul” xorvatiyalikni 21 mln funt evaziga sotib olibdi-mi? Demak, unda nimadir bor.
Kalum Chembers
Hozirgi klubi: “Midlsbro”/”Arsnal”
“Avliyolar”ga uning transferi qanchaga tushgan: 0 fut(klub tarbiyalanuvchisi)
Qanchaga transfer qilingan: 17 mln funt
19 yoshli Chembers uchun “Arsnal” skautlari 17 mln funtni ayashmadi. Hozirda esa “Midlsbro”da tajriba orttirayotgan Chembersdabn “to‘pchilar” muxlisari yanada kuchli bo‘lib ortga qaytishini kutishmoqda.
Nataniel Klayn
Hozirgi klubi: “Liverpul”
“Avliyolar”ga uning transferi qanchaga tushgan: 2 mln funt
Qanchaga transfer qilingan: 15 mln funt
“Liverul”ga transfer qilingan yana bir “Sautgempton” futbolchisi. “Liverpul” muxlislari jamoa ko‘p gol o‘tkazib yuborishlayotganini aytishlari mumkin. Ammo Klayn o‘zining ishonchli harakatlari bilan Yurgen Kloppning ham ishonchini oqlamoqda.
Viktor Vanyama
Hozirgi klubi: “Tottenxem”
“Avliyolar”ga uning transferi qanchaga tushgan: 12 mln funt
Qanchaga transfer qilingan: 12 mln funt
Keniyalik futbolchi 3 mavsum “Sautgempton”da to‘p surdi. Ammo “avliyolar” Viktorning transferidan bir funt ham foyda ko‘rmadi.
Morgan Shnayderlin
Hozirgi klubi: “Everton”
“Avliyolar”ga uning transferi qanchaga tushgan: 1 mln funt
Qanchaga transfer qilingan: 29 mln funt
Maydon markazida Vanyama–Shnayderlin juftligini ko‘rsak, yomon bo‘lmas edi. Frantsiyalik futbolchi “Sautgempton”da 7 mavsum to‘p surdi va 2015 yilda “MYu”ga 29 mln funtga transfer qilinida. O‘z navbatida, Morgan hozirda “Sautgempton”da birga ishlagan Ronald Kuman boshchiligida “Everton” safida to‘p surmoqda.
Aleks Oksleyd-Chemberleyn
“Avliyolar”ga uning transferi qanchaga tushgan: 0 funt(klub tarbiyalanuvchisi)
Qanchaga transfer qilingan: 11 mln funt
Chemberleynga “Arsenal”ning barcha futbolchilari singari jarohatlar muntazam halal berib keladi. Shunday bo‘lsada, uni yana “Sautgempton”da ko‘rishni istaydiganlar yo‘q bo‘lmasa kerak.
Garet Beyl
Hozirgi klubi: “Real”
“Avliyolar”ga uning transferi qanchaga tushgan: 0 funt(klub tarbiyalanuvchisi)
Qanchaga transfer qilingan: 12 mln funt
“Sautgempton” akademiyasining vizit kartochkasi shubhasiz Garet Beyldir. 2007 yil 18 yoshli iqtidor egasi uchun “shporlar” 12 mln funtni ayab o‘tirishmagan. Hozirda esa bu kelishuv “Tottenxem” uchun naqadar foydali bo‘lganini ko‘rishimiz mumkin.
Adam Lallana
Hozirgi klubi: “Liverpul”
“Avliyolar”ga uning transferi qanchaga tushgan: 0 funt(klub tarbiyalanuvchisi)
Qanchaga transfer qilingan: 26 mln funt
Ko‘rib turganingizdek, “Liverpul” jamoasi “Sautgempton”dan futbolchi sotib olishni xush ko‘radi. Lallana 2014 yilda “Enfild”da ko‘chib o‘tadi va hozirga qadar “qizillar” hujum chizig‘ida mukammal o‘yin namoyish etib kelmoqda.
Sado Mane
Hozirgi klubi: “Liverpul”
“Avliyolar”ga uning transferi qanchaga tushgan: 0 funt(klub tarbiyalanuvchisi)
Qanchaga transfer qilingan: 35 mln funt
“Liverpul”ning “Sautgempton yarmarka”sidan xarid qilingan yana bir futbolchisi. Mane bu mavsumning o‘zida 11 bor gol kiritib, 5 bor sheriklarini golli uzatma bilan ta’minlashga ulgurdi. Demak, 35 mln funt bekor ketmabdi…
Endi tasavvuir qilib ko‘ring, Mourino shunday tarkib ga ega bo‘lgan “Sautgempton”ga qarshi biron narsa qila olarmidi…?
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar