
Server Jeparovga Eron klubi shartnoma taklif qilishi kutilmoqda
Toshkentning “Lokomotiv” klubi yarim himoyachisi Server Jeparov faoliyatini Eron chempionatida davom ettirishi mumkin.
Taniqli futbol agenti hisoblangan San’at Sharipov o‘zining tvitterdagi sahifasida terma jamoamiz a’zosiga Eron klubi shartnoma taklif qilishi mumkinligini yozib qoldirgan.
- Eronning “Istiqlol” klubi yaqin soatlarda Server Jeparovga 1,5 yillik ashrtnoma taklif qilishi mumkin, - deydi San’at Sharapov.
Ma’lumot o‘rnida, Server Jeparov ayni paytda “Lokomotiv” bilan BAAning Dubay shahrida yig‘inda ishtirok etmoqda.
Fikrlar