
Shohjahon va’dasini bajardi yoxud to‘qqizinchi nokaut
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tashkil etilgan professional boks kechasida o‘zbekistonlik nokautchi Shohjahon Ergashev (8-0-0, 8 KO) faoliyatidagi to‘qqizinchi jangini o‘tkazdi.
Shohjahon ugandalik Hamza Sempevoga qarshi ring oldidan SPORTS.uz axborot portali bilan bog‘lanib, o‘zbekistonlik boks muxlislarini nokaut bilan xursand qilishga va’da bergandi.
Etti yildan buyon professional ringda jang qilayotgan va 14 jangda zafar quchgan Hamza Sempevo ancha jiddiy raqib edi. Bu bokschi ikki vazn bo‘yicha Uganda chempioni, Sharqiy va Markaziy Afrika chempionlik kamari sohibidir.
O‘zbek nokautchisi Shohjahon Ergashevni afrikalik chempion jangga chaqirdi
Shohjahon Ergashev Afrika chempionini nokaut qilishga va’da berdi (video)
Shohjahon Ergashev: Ustozlar duosi g‘alabaga ruhlantiradi
Biroq, Hamza mutaxassislar tomonidan kuchli bokschi deya e’tirof etgan bo‘lsa-da, Shohjahonga munosib qarshilik ko‘rsatishga uning qurbi etmadi. Shohjahon 10 raundlik jangning birinchi raundida raqibini kuchli zarbasi evaziga nokautga uchratib, ketma-ket to‘qqizinchi g‘alabasini nishonladi.
- Raqibimni nokaut qilishga va’da bergandim, - dedi Shohjahon Ergashev. - So‘zimning ustidan chiqqanimdan xursandman. Muxislarim mendan nafaqat g‘alaba, balki nokaut kutishini yaxshi bilaman. Bokschilar eng avvalo vatan sha’ni va xalq ishonchini oqlash uchun ringga chiqadi. Shuning uchun ham menga ishongan har bir muxlisni xushnud etish men uchun katta sharaf. Keyingi janglarda ham faqat g‘alaba uchun jang qilaman.
Shohjahon Ergashevning professional bokschilik faoliyatiga oid yangiliklar, tafsilotlar, foto va video lavhalarni SPORTS.uz axborot portali orqali kuzatib borish imkoniga egasiz.
Fikrlar