
Tezkor xabar: «Buxoro» klubini yana kimlar tark etmoqchi
Avval xabar berganimizdek, «Buxoro» klubida ustozlik qilayotgan Jamshid Saidov va jamoadagi maslahatchi murabbiy Tachmurad Agamurodovlar o‘z lavozimlaridan ozod etildi.
Shuningdek, o‘tgan mavsumni "Buxoro”da o‘tkazgan jamoa etakchilari Salamat Qutiboev va Aleksandr Merzlyakov «Paxtakor» klubiga hamda Bahodir Pardaev va San’at Shixov «Neftchi» klubiga borib qo‘shilishi mumkin.
Biroz avval SPORTS.uz axborot portaliga ma’lum qilishlaricha, «Buxoro»ning quyidagi futbolchilari boshqa jamoa tarkibiga borib qo‘shilishi mumkin.
Asilbek Omonov – «Bunyodkor» klubiga
Ruslan Melziddinov va Aziz Ibragimov – xorij klubiga
Alisher Sanoev – «Qizilqum» yoki «Dinamo» klubiga
Biroq yuqoridagi ma’lumotlar rasmiy manbalar tomonidan e’lon qilinmagan.
Fikrlar