“Uka, bu erni Ispaniya deyishadi” yoxud ushbu mavsum La ligada hakamlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan qo‘pol xatolar

  • 31 yanvar, 2017, 09:49
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

So‘nggi vaqtlarda hakamlar muammosi ko‘pchilik mamlakatlarda “bosh og‘riq”qa aylanib bormoqda. Kimlardir videotakrorlarni amalda sinash kerak desa, boshqalar ushbu fikrga qarshi chiqishmoqda. Bu holat ayniqsa, Ispaniyada juda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Xususan “Barselona” – “Betis” uchrashuvida “toz gol” inobatga olinmaganidan keyin muammolar ko‘lami ancha keng ekaniga guvoh bo‘ldik. Biz esa shu munosabat bilan, ushbu mavsum La ligada hakamlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan eng qo‘pol xatolarni yig‘ishga harakat qilib ko‘rdik.

Tecno

Sobiq jamoasini “boyitib” ketganlar

Oy sarhisobi. Yanvar oyining omadsizlari

“Betis” – “Barselona”(20-tur)

Ushbu maqola “dunyoga kelishi”ga sababchi bo‘lgan uchrashuvda Tenerife shahridan tashrif  buyurgan bosh hakam – Alexandro Ernandes 78 daqiqada Neymar tomonidan kiritilgan va mezbonlar himoyachisi “kechikib” qaytargan golni inobatga olmadi.

“Real” – “Espanol”(4 tur)

O‘tgan yili sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan bahsda Ernan Peresning zarbasini Serxio Ramos qo‘llari yordamida “bartaraf” etishga erishdi.Bu vaqtda Ramos allaqachon “sariq” kartochkani “o‘ziniki” qilib ulgurgan edi.

“Vilyareal” – “Barselona”(17 tur)

Messining olisdan yo‘llagan kuchli zarbasini Bruno Soriano jarima maydonchasida qo‘li yordamida to‘sib qoldi. 1:1 hisobi bilan yakuniga etgan o‘yinda hakam mezbonlar darvozasi tomon qo‘yishni o‘ziga ep bilmadi.

“Sevilya” – “Betis”(5 tur)

“Sevilya derbisi”da bosh hakam Estrada Fernandes mehmonlar futbolchisi – Allgeriya tomonidan kiritilgan “toza” golni ofsayd deb baholab inobatga olmadi. Izoh o‘zingizdan…

“Real Sosedat” – “Barselona”(13 tur)

So‘nggi vaqtlarda “hakamlar Barselonaga qarshi ishlamoqda” degan fikr juda ko‘p joylarda yangramoqda. Biz bunday demagan bo‘lardik. Zero, ushbu  o‘yinning 76 daqiqasida Xuanmi tomonidan kiritilgan golni bosh hakam “ofsayd” deb baholadi va basklarning g‘alabasini “tortib oldi” go‘yo.

“Eybar” – “Atletiko”(17 tur)

54 daqiqda madridliklar o‘yindan tashqari holatda gol kiritishdi. Felipe Luis uzatib bergan to‘pni Saul boshi bilan darvozaga “joylab” qo‘ydi. Bosh hakam Mansano Jil va laynsmen ushbu holatdagi ofsaydni “ko‘rmay” qolishdi.

“Sevilya” – “Las-Palmas”(3 tur)

Xuan Martines Munuera boshqarib borgan uchrashuvning 89 daqiqasida mezbonlar penaltidan to‘p kiritib, hisobni tenglashtirishga erishdi. Qayd etish joiz “Sevilya” futbolchisi Vitolu o‘zining “aktyorlik mahorati” yuqori ekanligini namoyish etgan bo‘lsa, hakam bunga darrov “ishonaqoldi”.

“Granada” – “Deportivo”(11 tur)

Laynsmen Rayan Babel tomonidan kiritilgan golni ofsayd deb baholadi va mehmonlarga g‘alaba keltirish mumkin bo‘lgan golni inobatga olmadi.

“Valensiya” – “Barselona”(9 tur)

Yuqorida aytganimizdek, “Barselona” va uning fanatlari o‘zlarini “jabrdiyda” qilib ko‘rsatmasalar ham bo‘ladi. “Valensiya” bilan bahsda referi Messining dastlabki golini inobatga olishga haqqi yo‘q edi. Ammo…

Ps: Bu bir futbol muxlisi tomonidan “aniqlangan” xatolar xolos. Xulosani esa aslida o‘z ishining ustalari qilgan ma’kul.

Shahzod Xolboev tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!