“Uzbek Tigers” yulduzi Hasanboy Do‘smatov: Jangga tayyorman!

CHERY AUTO

The World Series Boxing (WSB) – Butunjahon boks seriyalari VII mavsumidan o‘rin olgan “Uzbek Tigers” va “Patriot Boxing Team” o‘rtasidagi uchrashuvning eng mashhur bokschisi, Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, Vel Barker kubogi sohibi Hasanboy Do‘smatov uchrashuv oldidan SPORTS,uz  axborot portaliga quyidagilarni gapirib berdi.

Tecno
 

- Olimpiya o‘yinlaridan so‘ng ertaga birinchi jangimni o‘tkazaman, - dedi Hasanboy Do‘smatov. - Yangi mavsumga tayyorgarlikni yanvar oyidan boshlaganman. Uchta o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida qatnashdik. Tayyorgarligimiz maromida.

2017 yilda ham yuqori natijalarni ko‘rsatishga harakat qilamiz. Xususan, va “Patriot Boxing Team” bilan uchrashuvda ringga chiqadigan barcha bokschilarimiz kabi men ham jangga va g‘alaba qozonishga tayyorman.

Sportchi uchun muxlislarning qo‘llqb-quvvatlab turishi muhim omil hisoblanadi. Albatta, “Uzbek Tigers” jamoasining har bir a’zosini muxlislarimiz o‘z olqishlari bilan g‘alabaga undab turishiga ishonaman. Ertaga albatta o‘zimizni ko‘rsatamiz!

Hasanboy Do‘smatov WSB turnirida umuman engilmagan bokschi hisoblanadi. Hamyurtimiz ushbu turnirda 11 marotaba ringga chiqib, barcha raqiblarini mag‘lub etgan. O‘tgan yili Hasanboy Do‘smatov Rossiyada o‘tkazilgan uchrashuvda ertangi raqibi Bator Sagaluev ustidan ham g‘alaba qozongan.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!