Veratti “Real”dan taklif bo‘lganini tan oldi
Madridning “Real” klubi PSJning italiyalik etakchisi Marko Verattini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Futbolchining so‘zlariga ko‘ra o‘tgan yozda ham “qirollik klubi” unga taklif bilan chiqqan, ammo u yakunda Parijda qolishni tanlagan. Bu haqda Don Balon nashrit xabar bermoqda.
“Bu jamoadan qiziqish bo‘lgani men uchun yoqimli albatta. “Real” har safar ham qiziqish bildiravermaydi. Agar men bir jamoada baxtli bo‘lsam, boshqa jamoalar bilan muzokaralar olib borgim kelmaydi. Men PSJ bilan sovrin sovrinlar yutmoqchiman”, - deydi italiyalik futbolchi RAI nashriga.
Ma’lumot uchun, Veratti PSJ safina 2012 yilda “Peskara”dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida parijliklar safida jami 192ta o‘yin o‘tkazdi va bu o‘yinlarda raqiblari darvozasini 5 marta ishg‘ol etishga erishdi.
Veratti PSJdagi taqdiriga mavsum yakunlangach oydinlik kiritadi
Messi va Veratti Parijda nimalar haqida gaplashishdi?



Fikrlar