
Xitoy Supeligasi: Mavsum oldidan amalga oshirilgan top transferlar
Ertaga Xitoy Supeligasiga ham start beriladi. Mazkur chempionat biz uchun ham begona emas. Boisi, terma jamoamizning 3 nafar zabardast yigitlari ayni vaqtda Chin yurtida chiniqishmoqda. Biz ham shu munosabat bilan yangi mavsum avvalida Xitoy Superligasida amalga oshirilgan top transferlrni e’tiboringizga havola etamiz.
La liga: Tarixiy natijalar va statistikalar(2-qism)
90 yillarda ispan klublari qanday liboslarda o‘ynashgan
Aksel Vitsel
“Zenit”dan “Tyantszin Tsyuantszyan”ga 20 mln evro evaziga
“Yuventus” taklifi rad etgan Vitsel mo‘may maosh tufayli Xitoy variantini tanladi. Nima ham derdik, yiliga salkam 25 mln evro maosh oladigan belgiyalik futbolchi Osiyo futboliga qanday moslashib ketishini esa vaqt ko‘rsatadi.
Futbol tarixidagi eng sovrindor 5 murabbiy
Odil Axmedov
“Krasnodar”dan “Shanxay SIPG”ga 7 mln evro evaziga
Terma jamoamiz sardori ham yangi yil oldidan Xitoydan tushgan taklifga rad javobini bermagan edi. Oskar, Xalk kabi yuqori texnikali futbolchilar bilan birga to‘p surish Odilga kelajakda terma jamoada asqotishi mumkin.
La liga: Tarixiy natijalar va statistikalar(1-qism)
Karlos Teves
“Boka Xuniors”dan “Shanxay Shenxua”ga 10,5 mln evro evaziga
Teves Xitoyda yiliga 37,5 mln evro ishlab topadi. Bunday maoshni Messi va Ronaldu ham olishmaydi, sizga aytsak. Ammo jamoasini OChL guruh bosqichiga olib chiqa olmagan Tevesning yillik moyannasi shunchaga tengdir.
Xonatan Soriano
“Red Bull Zaltsburg”dan “Beyjing Guoan”ga 10 mln evro evaziga
Avstriya “buqalari” safida 144 ta o‘yin o‘tkazib, raqiblar darvozasiga 120 bor to‘p kiritgan Soriano “Beyjing Guoan” klubi mutasaddilariga yoqib qoldi shekilli, 31 yoshli futbolchiga 8 mln evro maosh to‘lashga rozi bo‘lishdi va uni o‘z saflariga qo‘shib olishdi.
Ernanes
“Yuventus”dan “Xebey Chayna Forchun”ga 8 mln evro evaziga
“Yuve”ning EChL pley-off bosqichi uchun topshirgan qaydnomasiga kiritilmagan 31 yoshli futbolchi endilikda faoliyatini Manuel Pellegrini boshliq “Xebey Chayna”da davom ettiradi. Qayd etish joiz, Ernanesdan tashqari mazkur klubda Esekel Lavessi va Jervinolar ham to‘p surishadi.
Odion Igalo
“Uotford”dan “Chanchun Yatay”ga 23 mln evro evaziga
Igalo Anzur Ismoilov bilan birga to‘p tepish uchun “Uotford”ni tashlab, “Chanchun Yatay”ga kelib qo‘shildi. Ta`kidlash joiz, Igalo Xitoyda haftasiga 200 ming evro ishlab topmoqda.
Jon Obi Mikel
“Chelsi”dan “Tyantszin Teda”ga bepul
“Chelsi”dagi faoliyati bilan yaxshi tanish bo‘lgan Mikel ham Xitoy variantini ma`qul ko‘rdi va “Teda safiga kelib qo‘shildi. Uning haftalik maoshi esa tahminan 165 ming evroga tengdir.
Oskar
“Chelsi”dan “Shanxay SIPG”ga 60 mln evro evaziga
Qishda “Chelsi”ni tark etgan yana bir futbolchi bu Oskardir. Braziliyalik futbolchi uchun shanxayliklar “aristokratlar”ga oz emas, ko‘p emas 60 mln evro to‘lashdi. Futbolchining o‘ziga esa yiliga 21 mlnlik maosh belgilashdi. Bor yo‘g‘i shu…
Aleshandre Pato
“Vilyareal”dan “Tyantszin Tsyuantszyan”ga 18 mln evro evaziga
Pato yana oldingi darajaga qaytish uchun “Vilyareal”ga kelgan edi. Ammo “sariq submarina” uni yaxshigina mablag‘ evaziga sotib yubordi. Endilikda braziliyalik forvard Fabio Kannavaro boshchiligidagi “Tyantszin Tsyuantszyan”da to‘p suradi.
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar