
Futbol tarixidagi eng sovrindor 5 murabbiy
Murabbiylik – juda ham og‘ir kasb. Ammo futbolda shunday murabbiylar borki, ular o‘z jamoalarini juda ko‘p bora sovrin sari etaklay olishgan. Quyida esa aynan shunday murabbiylar bilan tanishasiz.
La liga: Tarixiy natijalar va statistikalar(1-qism)
5. Devid Jeffri(Shimoliy Irlandiya) – 29 ta titul
Devid Jeffri Shimoliy Irlandiyaning eng yaxshi murabbiylaridan biridir. Faoliyatining katta qismini Shimoliy Irlandiya futboli “gegemoni” – “Linfild”da o‘tkazgan Jeffri hozirda faoliyatini “Ballimena Yunayted”da davom ettirmoqda. Umuman Jeffri murabbiylik faoliyati davomida 29 ta sovrinni qo‘lga kiritishga erishgan. Jumladan 9 bor “Linfild” bilan mamlakat chempioni bo‘ladi. Biroq 54 yoshli mutaxassisning barcha sovrinlari mahalliy arenada qo‘lga kiritilganini ta’kidlash joiz.
Nigohimizda Angliya liga kubogi finali
4. Valeriy Lobanovskiy – 31
Afsonaviy Lobanovskiyni yosh avlod u qadar yaxshi bilmaydi. Ularga shuni aytmoqchimizki, o‘z navbatida uning boshqaruvidagi “Dinamo” o‘sha “Barselona”ga “Kamp Nou”da javobsiz 4 ta to‘p yo‘llashga erishgan. Umuman Lobanosvkiy 34 yillik murabbiylik faoliyati davomida 31 ta titulni qo‘lga kiritadi. Afsuski, shunday buyuk inson bevaqt o‘lim topadi. Aks xolda…
Karlo Anchelottining murabbiylik faoliyatidagi eng yorqin 8 ta bahs
3. Mircha Luchesku – 32
Bugungi kunda Sankt-Peterburgning “Zenit” jamoasini boshqarayotgan Luchesku 38 yildan buyon murabbiylik qilib kelmoqda. 71 yoshli mutaxassis salkam 40 yillik murabbiylik faoliyati davomida jami 32 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Ko‘pchilik muxlislarimiz esa Lucheskuni “Shaxtyor”ning murabbiyi sifatida yaxshi bilishadi. Luchesku janoblari yuqoridagi murabbiylardan farqli o‘laroq, xalqaro maydonda ham o‘z nomini ko‘rsata bilgan. Jumladan, 2000 yil uning boshchiligidagi “Galatasaroy” UEFA Superkubogida “Real”ni mag‘lub etishning uddasidan chiqishga muvaffaq bo‘lgan.
“PSJ”ning qimmatbaho sotuvlari
2. Roy Koyl – 36
Yana bir shimoliy irlandiyalik murabbiy. Koyl 29 yoshidayoq murabbiylikni “bo‘yniga oladi”. Qayd etish joiz, uning boshqaruvidagi “Linfild” qatorasiga 10 mavsum mamlakat chempionligini hech kimga bermay keladi. Ammo Koyl ham xalqaro maydonda hech nima qila olmagan.
Karlo Anchelottining murabbiylik faoliyatiga nazar
1. Aleks Fergyuson – 49
Ser Aleks murabbiylar uchun etalon sanaladi. Shotlandiyalik afsonaviy murabbiy “MYu”ga kelguniga qadar ham 12 ta sovrinni qo‘lga kiritib ulgurgan edi. “Qizil iblislar”ning yo‘lboshchisiga aylangach esa Fergyusonning “ishtaxasi ochilib” ketdi va “mankunianlar” bilan 37 ta titulni qo‘lga kiritishga erishadi.
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar