
Kasilyas vs Buffon dueli tarixi
Bundan biroz muqaddam “Yuventus” va “Portu” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga etdi. E’tiborlisi, mazkur qarama-qarshilikda jahonning eng yaxshi ikki posbonlari – Iker Kasilyas xamda Janluidji Buffonlar bir-biriga qarshi bahs yuritdi. Biz esa shu munosabat bilan bu ikkovlonning o‘zaro o‘yinlari tarixiga nazar solishni istadik.
1. “Real” 2–1 “Yuventus”
Gollar: Ronaldo(23), Roberto Karlos(73) – Trezege(45)
EChL 2002/03. Yarim final. Dastlabki bellashuv
Yomg‘irli ob-havoda o‘tgan Madriddagi bellashuv Kasilyas – Buffon qarama-qarshilgidagi ilk o‘yin edi. Dastlab, Ronaldo hisobni ochgan bo‘lsa, dastlabki bo‘lim so‘nggida David Trezege muvozanatni tiklaydi. Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida esa Roberto Karlos jarima zarbasidan Buffon darvozasini ishg‘ol etishga erishadi.
2. “Yuventus” 3 – 1 “Real”
Gollar: Trezega(12), Del Perro(43), Nedved(73) – Zidan(89)
EChL 2002/03. Yarim final. Javob uchrashuvi
Bir haftadan so‘ng bo‘lib o‘tgan javob bahsida mezbonlar madridlik futbolchilarga imkon qoldirishmaydi. Boz ustiga, Luish Figu penaltidan unumli foydalana bilmagan bahsda “Yuve” futbolchilari “Kaska” darvozasini uch bor ishg‘ol etishni uddalashadi. Faqatgina o‘yin so‘nggiga kelib, Zidan hisobni qisqartiruvchi golga mualliflik qiladi. Ammo bu gol final uchun kamlik qiladi.
3. “Real” 1–0 “Yuventus”
Gol: Elgera(31)
EChL 2004/05. 1/8 final. Dastlabki bellashuv
Bundan rosa 12 yil muqaddam bo‘lib o‘tgan bahsda Elgera Bekxemning super to‘p uzatmasidan so‘ng o‘yindagi yagona golni kiritgan edi.
4. “Yuventus” 2–0 “Real”(overtaym)
Gollar: Trezege(75), Salaeta(116)
EChL 2004/05. 1/8 final. Javob uchrashuvi
Yana Trezege… E’tiborlisi, David Kasilyasning darvozasini ishg‘ol etishning “xadisini olgan” ekan. Qo‘shimcha bo‘limlardagi gollar evaziga “Yuve” chorak finalga yo‘l olgan bahsda Buffonga etarlicha ish topilgan edi.
5. Ispaniya 0–0 Italiya(penaltilar seriyasi 4–2)
Evro–2008, chorak final
Har ikkala darvozabon ham jamoasini sardor sifatida boshlab tushgan mazkur uchrashuvning asosiy va qo‘shimcha bo‘limlarida hisob ochilmaydi va g‘olibni aniqlash uchun penaltilar seriyasiga murojaat etiladi. Futbol “lotoreyasi”da esa Iker italiyaliklarning ikki zarbasini bartaraf etadi va yarim finalga yo‘l oladi.
6. Ispaniya 1–1 Italiya
Gollar: Fabregas(64) – Di Natale(61)
Evro–2012, guruh bosqichi
Ukraina xamda Polsha mezbonlik qilgan qit’a birinchiligida o‘tgan dastlabki o‘zaro bahsda tomonlarning kuchi teng keladi, mutlaqo.
7. Ispaniya 4–0 Italiya
Gollar: Silva(14), Alba(41), Torres(84), Mata(88)
Evro–2012, final
Bu safargi o‘zaro “duel”da Kasilyas jamoasi Buffonning darvozasini “ilma-teshik” qilib tashlagani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmagan bo‘lsa kerak.
8. Ispaniya 0 – 0 Italiya(penaltilar seriyasi 7–6)
Konfederatsiyalar kubogi–2013, yarim final
Evro – 2012 finalchisi sifatida ishtirok etgan Italiya yana Ispaniyaga imkoniyatni boy beradi. Bu safar penaltilar seriyasida Appenin yarimorolidan Braziliyaga borgan futbolchilar yana mag‘lub bo‘lgan xolda uyga qaytishadi.
9. “Real” 2 – 1 “Yuventus”
Gollar: Ronaldu(4, 29 penaltidan) – Lorente(22)
EChL 2013/14, guruh bosqichi
Karlo Anchelotti boshchiligidagi “Real”dan Buffon janoblari ikki bor o‘z gol o‘tkazib yuboradi. Boz ustiga Jiji o‘zining himoyadagi eng yaqon sherigi – Kellini maydondan chetlatilgan edi.
10. “Yuventus” 2 – 2 “Real”
Gollar: Vidal(42 penaltidan), Lorente(65) – Ronaldu(52), Beyl(60)
EChL 2013/14, guruh bosqichi
“Yuventus-Arena”da kechgan javob bahsida Kasilyas bo‘lmaganida “Real” kamida 5 ta to‘p o‘tkazib yuborishi mumkin edi…
11. “Yuventus 2 – 1 “Real”
Gollar: Morata(8), Teves(58 penaltidan) – Ronaldu(27)
EChL 2014/15, yarim final, dastlabki bellashuv
12. “Real” 1 – 1 “Yuventus”
Gollar: Ronaldu(23 penaltidan) – Morata(57)
EChL 2014/15, yarim final, javob o‘yini
Hech shu, “Real” “Yuventus”ni EChL pely-off bahslarida mag‘lub eta olmaydi keladi. Jumladan 2015 yilgi yarim finalning har ikkala bahsida ham “qirollik klubi” raqibdan ustun ekanligini isbotlay bilmagan edi.
Umumiy hisob
Kasilyas jamolari Buffon bilan o‘zaro o‘yinlarning 6 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, ikki o‘yinda kuchlar teng kelgan va qolgan 4 bellashuvda Buffon jamoalari g‘alaba qozongan.
Izoh: g‘alaba deganda, penaltilar seriyasidagi g‘alaba ham inobata olingan
Shahzod Xolboev tayyorladi
Fikrlar