"Zenit" Pepega ikki yillik shartnoma taklif qilmoqchi
Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi erkin agentga aylangan Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Pepega rasmiy taklif bilan murojaat qilmoqchi.
“Real” shartnomani uzaytirishni istamagan futbolchi piterliklarning yangi bosh murabbiyi Roberto Manchinining qiziqishlariga sabab bo‘lmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, 34 yoshli futbolchining agenti Jorje Mendesh mijozining transferi borasida “Zenit” rahbariyati bilan aloqaga chiqqan.
Xabarlarga qaraganda piterliklar Pepega yillik maoshi 5 mln evrodan iborat 2 yillik shartnoma taklif qilishga tayyor.
Ronalduning agenti unga qaysi jamoalardan taklif bo‘layotgani haqida aytdi
"Barselona" hujumchisi faoliyatini "Zenit"da davom ettirishi mumkin

Fikrlar