Ana xolos: Ukrainada to‘purar legionerimizni esga olishdi

Ukraina va Evropa futbolini yoritayotgan isport.ua  sayti Ukraina mamlakat chempionatlari tarixiga e’tibor qaratdi.

Ushbu nashr Ukraina Premer-ligasi tarixida raqiblar darvozasini eng ko‘p ishg‘ol qilgan futbolchilar reytingini muxlislar e’tiboriga havola qildi.

Ukraina chempionati ilk bor 1992 yilda o‘tkazilgan. O‘shandan buyon bu chempionat juda ko‘p iste’dod egalarini kashf qilib berdi.

Bu ligada yuzta va undan ortiq gol urish faqatgina besh nafar futbolchiga nasib qilgan.

Eng quvonarli tomoni shundaki, O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq hujumchisi Maksim Shatskix Ukraina chempionatlarining eng zo‘r to‘purari hisoblanadi.  

Hayurtimiz hisobida yuqori divizionda kiritilgan jami 124 ta gol mavjud. Shatskix bu gollardan 97 tasini Kievning “Dinamo” jamoasi safida urgan.

Shuningdek, Maksim “Arsenal”da 22 ta va “Goverla”da 5 ta gol muallifi bo‘lgan.

Maksim Shatskix o‘z o‘zdan Ukraina chempionatlarida eng ko‘p gol urgan xorijlik futbolchiga ham aylangan.

Ikkinchi o‘rinda qayd etilgan Sergey Rebrov legionerimizdan bitta golga ortda qolib ketgan. Mohir hujumchi “Shaxtyor”da 10 ta, “Dinamo” safida 118 marotaba golini nishonlagan.

Kuchli o‘nlik quyidagicha ko‘rinish olgan:

Maksim Shatskix – 124 ta  gol (97 — “Dinamo”, 22 — “Arsenal”, 5 — “Goverla”)

Sergey Rebrov – 123 ta gol (10 — “Shaxtyor”, 113 — “Dinamo”)

Evgeniy Seleznev – 116 ta gol (24 — “Shaxtyor”, 19 — “Arsenal”, 68 — “Dnepr”, 5 — “Kolos”)

Andrey Yarmolenko – 105 ta gol (105 — “Dinamo”)

Andrey Vorobey – 105 ta gol (80 — “Shaxtyor”, 12 — “Dnepr”, 9 — “Arsenal”, 4 — “Metallist”)

Junior Moraes – 102 ta gol (22 — “Dinamo”, 35 — “Metallurg” (Donetsk), 45 — “Shaxtyor”)

Aleksandr Gladkiy – 99 ta gol (1 –“ Metallist”, 14 – “Xarkov”, 41 – “Shaxtyor”, 2 – “Dnepr”, 23 – “Karpati”, 3 – “Chernomorets”, 15 – “Zarya”)

Aleksandr Gaydash – 95 ta gol (85 — “Tavriya”, 10 — “Mariupol”)

Marko Devich – 90 ta gol (2 — “Volin”, 4 — “Shaxtyor”, 84 — “Metallist”)

Sergey Mizin - 90 ta gol (16 – “Dinamo”, 8 – “Dnepr”, 2 – “Chernomorets”, 25 – “Karpati”, 7 – “Krivbass”, 8 – “Metallist”, 24 – “Arsenal”).

Kuchli o‘nlikdagi futbolchilardan faqat ikki nafari – Andrey Yarmolenko va Aleksandr Gladkiy professional faoliyatini davom ettirmoqda.

34 yoshli Yarmolenko Germaniya, Angliya, Birlashgan Arab Amirliklaridagi faoliyatidan keyin jonajon jamoasi “Dinamo”da to‘p tepmoqda.

36 yoshli Gladkiy esa, quyi ligadagi “Avangard” jamoasidan qo‘nim topgan.

Eslatib o‘tamiz, Maksim Shatskix O‘zbekiston milliy terma jamoasida 60 ta uchrashuvda 34 ta gol urgan va uzoq vaqt rekordchi hisoblangan. Biroq, ayni paytda Eldor Shomurodov xalqaro miqyosdagi gollar soni bo‘yicha undan o‘zib ketdi.

Maksim Shatskix ayni paytda Toshkentning “Paxtakor” jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi.

Fayzullaev chempionlik, “Bavariya” va Evropaga ketish haqida gapirdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abrorm
10/04/2024 22:30
Admin iltimos agar sizda yangi maqola boʻlmasa eskirgan maqolani 4-5 martda koʻtarib qoʻyiw shart emas