Fayzullaevga tanqid qanday ta’sir qildi?

Abbosbek Fayzullaev TsSKAning asosiy figuralaridan biri hisoblanadi. Rossiya Premer-ligasining navbatdagi turida 20 yoshli hujumkor futbolchimiz “Rubin” darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasining durang natijasiga hissa qo‘shdi.

Abbosbek o‘yindan keyin jurnalistlar bilan suhbatda o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga legionerimizning fikrlarini havola etadi.

Rossiya Premer-ligasidagi o‘zbekistonlik o‘yinchilar bilan munosabat haqida

Biz O‘zbekistonda bo‘lganimizda xabarlashib turamiz. Ba’zan vaqt topib, maydondan tashqarida ham ko‘rishamiz. Lekin ko‘pincha bunga vaqt etishmaydi.

TsSKAning musobaqa jadvalidagi o‘rni haqida

Sakkizinchi pog‘ona – TsSKA loyiq bo‘lmagan joy. TsSKA kuchli uchlikda bo‘lishi kerak.

Tanqidga munosabat haqida

Men klub va yurtimiz federatsiyasi o‘rtasidagi kelishuvni hurmat qilaman. “Spartak” bilan o‘yinni o‘tkazib yuborish men uchun ham og‘ir bo‘ldi. O‘zim o‘ynashni istagandim, lekin klub va federatsiya o‘rtasidagi kelishuv bor edi va vaziyat shuni taqozo etdi.

Tanqidlarga xotirjam yondashaman. “Spartak” bilan o‘yin oldidan diskvalifikatsiyaga uchrashimni atayin qilmaganimni men ham, jamoa ham bilamiz. O‘sha payt qarshi hujum uyushtirildi va qaror qabul qilish uchun bir lahza bor edi xolos. Shunaqa bo‘lib qoldi. Kartochka olganimdan afsuslandim.

Qo‘ldan chiqarilgan g‘alabalar haqida

So‘nggi daqiqalarda o‘tkazib yuborilgan gollar psixologik jihatdan ham ta’sir qiladi. Har bir uchrashuvda maydonga yutish uchun tushamiz va oxirigacha kurashamiz.

Husanovga o‘ta muhim vazifa yuklanadi

Shomurodov nomini tarixga muhrladi

Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!