Oleg Zoteev bu yil Superligada qaysi jamoa chempion bo‘lishini aytdi

  • 20 fevral, 2023, 18:27
  • 0
  • Futbol

“Mavsum-2023” ham asta-sekin eshik qoqib kelmoqda. Yana bir necha kundan so‘ng joriy yildagi chempionatga start beriladi.

O‘tgan mavsumda “Paxtakor” chempionlikni qo‘lga kiritganidan xabaringiz bor. Bu yil yana ko‘pchilikni favoritlar qiziqtirishi va albatta yakunda chempionlik kimga nasib qilishi juda va juda qiziqtirishi bor gap.

Yaqinda “Lokomotiv” klubi bilan shartnoma imzolagan tajribali futbolchi Oleg Zoteev Sports.uz saytiga bergan intervyusida bu yil Superligada qaysi jamoa chempion bo‘lishi haqida gapirdi.

zoteev_2

“Paxtakor”ning chempionligini kutganmidingiz?

- Ha, 100 foiz. Bu yil ham “Paxtakor” chempion bo‘lsa kerak.

- Sabab?

- Birinchi navbatda tarkib saqlanib qolingan. “Nasaf” ham kurashadi. 3-4 yildan beri bitta tarkib qolgan bo‘lsa bu yutuq. “Navbahor”da taxminan 70 foizga tarkib o‘zgargan. Ular birinchi davrada qiynaladi, menimcha. Bir-birini tushunib ketishi uchun ham vaqt kerak-ku. “Navbahor”da deyarli barcha himoyachilari almashdi. AGMKda ham barqaror tarkib bor. O‘ylaymanki, bu klub ham yaxshi natija ko‘rsatishi mumkin. Balki adashayotgandirman, ammo menimcha “Paxtakor” chempion bo‘ladi.

"25 yosh bo‘lganimda u erga tekinga ham borardim, menga qizig‘i qolmadi" yoxud Oleg Zoteev Antaliyada ochiq intervyu berdi (1-qism)

"Hayron qoldim, Koreyadan qaytganimdan so‘ng O‘zbekiston chempionatida qiynalaman deb o‘ylagandim" yoxud Oleg Zoteev Antaliyada ochiq intervyu berdi (2-qism)

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!