Anvar Boynazarov navbatdagi jangda tailandlik muay tay ustasini nokautga uchratmoqchi

O‘zbekistonlik yakkakurash janglar ustasi Anvar Boynazarov eng kuchli 32 sportchi ishtirok etayotgan “EM LEGEND” musobaqasida navbatdagi jangini tailandlik muay tay jangchisi Narongga qarshi o‘tkazadi. Jang sanasi va o‘tkazlizish joyi hozirda ma’lum emas.

Kikboksing bo‘yicha o‘tadigan jangda sportchilar 65 kg vazn toifasida ringga ko‘tariladilar. Sportchimiz ayni damda mazkur jangga tayyorgarliklarni Tailandning Pxuket shahrida olib bormoqda.

Bo‘lajak jangga ham jismonan, ham ruhan tayyorman. Raqibim juda kuchli muay tay jangchisi hisoblanadi. Yaqinda MMAda ilk jangini o‘tkazib, g‘alaba qozongan ukam Firdavs bu mashg‘ulotlarda menga yaqindan yordam bermoqda. Nasib qilsa, barcha o‘zbek muxlislariga yana bitta nokaut taqdim qilish niyatim bor, – deydi Boynazarov SPORTS.uz internet portaliga.

Anvar Boynazarov

Eslatib o‘tamiz, Anvar Boynazarov o‘zining so‘nggi jangini 10 iyul kuni Xitoyning Chongqing shahrida “TOPKING WORLD SERIES 2017” turniri doirasida o‘tkazib, braziliyalik Marlon Roberto dos Santosni birinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!