Bunaqasi futbol tarixida bo‘lmagan! Ronaldu 2,5 yilda qancha ishlab topadi?

  • 31 dekabr, 2022, 10:57
  • 0
  • Futbol

Saudiya Arabistonining "Al-Nassr" klubi portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.

Agar siz hali ham bu transferdan hayratda bo‘lsangiz, mantiqni raqamlardan izlang. Ha, riyodliklar safiga o‘tish Ronalduni tarixdagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylantirdi.

Fabritsio Romanoning yozishicha, Krishtianu bonuslar bilan birga yiliga 200 million evro ishlab topadi. Uning asosiy maoshi 75 million evro etib belgilangan. 

Forvard "Al-Nassr" bilan 2025 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Demak, "Oltin to‘p"ning 5 karra sohibi Saudiya Arabistonida 500 million evroa ishlab oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!